DUONING FAZILATI
34

“Duo bilan el ko’karar yomg’ir bilan yer” deydi dono xalqimiz. Odam bolasi borki olamlar robbi bo’lgan Alloh taologa muxtojdir, banda esa Robbisiga ibodat qilib barcha narsalarni Alloh taolodan so’rashligi lozim bo’ladi.
Abu Hurayra r.a. dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: kim Alloh taolodan so’ramasa Alloh unga g’azab qiladi”. dedilar. Temiziy rivoyati.
So’rashlikga haqli zot yakka Alloh taolodir. Kim Alloh taolodan boshqadan so’rasa va u undan deb e’tiqod qilsa bas u Alloh taologa sherik qilgan bo’ladi va mushriklardan bo’ladi. So’ng Alloh taolo unga g’azab qiladi hamda qiyomatda alamli azob bilan azoblaydi.
Duoda o’zgacha halovat, nafislik va joziba bor. Banda duo qilsa uchta narsa aniq bo’ladi: Alloh uni duosini ijobat qiladi yoki so’ragan narsasi miqdoricha bo’lgan unga kelayotgan baloni daf qiladi yoki duosini oxiratga olib qo’yadi. Demak, banda har qanday xolatda ham ziyon ko’rmay. Agar banda robbisiga duo qilsa, buyruqlariga itoat qilib qaytariqlaridan qaytsa, hamda butkul Robbisiga taslim bo’sa Alloh uning qalbiga ajoyib bir hurlik joylab qo’yadi.
Anas r.a. dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “duo ibodatning mag’zidir”. dedilar, Termiziy rivoyati
Bir tasavvur qilib ko’rsak, o’rikni yeb mag’zini olishlik uchun donagini sindiramiz so’ng mag’zini sevib istemol qilamiz. Agar donakni sindirmasak mag’zini totib uni mazasidan bahramand bo’lishdan mahrum bo’lamiz. Duo ham shunga o’xshaydi, ibodat qilsak lekin duoga etiborsiz bo’lsan go’yoki ibodatni mazasini totmagandek bo’lamiz.
Albatta duo qilishda e’tiborli bo’lishligimiz zarurki Alloh taolo ijobat qilishiga ishonch bilan duo qilishimiz zarurdir.
Molik ibnu Yasar r.a. dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Agar Allohdan so’rasangiz kaftlaringizni oldi bilan so’rang orqasi bilan emas” dedilar, Abu Dovud rivoyati.
Boshqa bir hadisda esa, Abu Hurayra r.a dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: Allohga ijobat bo’lishligiga ishongan holatingizda duo qiling bilingki albatta Alloh taolo noumid qalbdan bo’lgan duoni ijobat qilmaydi” dedilar. Termiziy rivoyati.
Har qanday holatda Robbimiz bo’lgan Allohga ibodat qilib faqatgina o’zidan so’rab o’zidan umid qilishligimiz zarur va shatddir. Alloh bizga yeratli va u qanday ham yaxshi vakildir.
Norboyev Hafizullo
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi
