ERKAKNING JAMIYATDAGI O‘RNI: ISLOMIY VA G‘ARBIY ILMIY YONDASHUVLAR ASOSIDA TAHLIL
3

Mavzuga kirishdan oldin ajoyib bir mo’jizaviy ma’lumotni keltirib o’tsak. «Erkak» so’zi butun Qur’onda 24 marta birlik shaklda takrorlangan, bu «ayol» so’zi bilan bir xil marta kelgan. Ammo birlik va ko’plik shaklda hisoblansa, erkak va ayollar so’zi ham 190 tadan alohida-alohida uchraydi.
Jamiyatning barqaror rivoji ijtimoiy rollarning to‘g‘ri anglanishi va mas’uliyat bilan bajarilishiga bog‘liq. Erkak shaxs sifatida, oila boshlig‘i sifatida hamda jamiyatning faol a’zosi sifatida muhim vazifalarni ado etadi. Ushbu maqolada erkakning jamiyatdagi o‘rni Islomiy manbalar hamda g‘arb olimlarining ilmiy qarashlari asosida tahlil qilinadi.
- Erkakning jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari
Sotsiologiya fanida erkak jamiyatda quyidagi asosiy rollarni bajaruvchi subyekt sifatida qaraladi:
- Mas’uliyatni zimmasiga oluvchi
- Iqtisodiy ta’minotchi
- Himoyachi va barqarorlik omili
- Yetakchi va ijtimoiy tashabbuskor
Amerikalik sotsiolog Talcott Parsons jamiyatni barqaror tutuvchi asosiy institut sifatida oilani ko‘rsatib, unda erkakning roli instrumental leadership — ya’ni tashqi dunyo bilan aloqani ta’minlovchi, himoya va ta’minot vazifasini bajaruvchi shaxs ekanini ta’kidlaydi.
- Erkak va oila instituti
Oila — jamiyatning asosiy tayanchi. Erkak oilada:
- ota,
- er,
- mas’ul shaxs,
- tarbiyaviy namuna sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Bu haqda G‘arb olimlari quyidagi fikrlarni bildiradi:
Psixolog Jordan B. Peterson o‘z tadqiqotlarida otalik institutining zaiflashuvi jamiyatda: jinoyatchilik, depressiya va ma’naviy bo‘shliq kabi muammolarni kuchaytirishini ta’kidlaydi.
Amerikalik sotsiolog David Popenoe shunday yozadi:
“Otasi faol bo‘lmagan oilalarda ulg‘aygan bolalarda ijtimoiy muammolar ko‘proq uchraydi.”
Bu ilmiy xulosalar erkakning oiladagi o‘rni jamiyat kelajagi uchun hal qiluvchi ekanini ko‘rsatadi. Erkak o’z masuliyatini to’liq bajarsa, oilada ham jamiyatda barqarorlik yuzaga keladi. Aks holda, oilalar ajrimlari, farzandlar beboshligi va jinoyatlar ko’payadi.
- Islomiy manbalarda erkakning jamiyatdagi o‘rni
Islom dini erkakka shunchaki rahbarlikni emas, balki mas’uliyatni yuklaydi. Muhim masuliyatlar rahbarga yuklatiladi, erkak ana shunday rahbar shuning unda masuliyat bor. Buni his qilishi zarur.
Alloh taolo marhamat qiladi:
“Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga (masuliyatli) rahbardirlar”. (Niso surasi, 34-oyat)
Oila rahbari bo’lmish erkaknin masuliyatiga ushbular kiradi:
- moliyaviy ta’minot,
- himoya va javobgarlik,
- farzandni ta’lim tarniyasiga masul
Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ marhamat qiladilar:
“Har biringiz mas’ulsiz va har biringiz qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralasiz. Erkak o‘z oilasi uchun mas’uldir.” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)
Bu hadis erkakni jamiyatda eng katta javobgarlik yuklangan shaxs sifatida belgilaydi.
Islomda erkak oilada kuch bilan emas, axloq bilan yetakchi bo‘lishi lozim.
Payg‘ambar ﷺ: “Sizlarning eng yaxshilaringiz — oilasiga eng yaxshi munosabatda bo‘lganingizdir.” (Imom Termiziy rivoyati)
Bu hadis erkaklik mezoni zo‘ravonlik emas, balki, rahm-shafqat, adolat va mas’uliyat ekanini ko‘rsatadi.
Zamonaviy jamiyatda erkak rolining inqirozi
Zamonaviy g‘arb tadqiqotlarida quyidagi holatlar qayd etiladi:
erkaklik identitetining zaiflashuvi,
mas’uliyatdan qochish,
otalik institutining yemirilishi.
Sotsiolog Philip Zimbardo yosh erkaklar orasida passivlik va maqsadsizlik kuchayib borayotganini ilmiy tadqiqotlar orqali asoslaydi.
Islom esa bu muammolarga yechim sifatida:
ma’naviy tarbiya,
mas’uliyatni anglash,
erkakni oilaviy va ijtimoiy yetakchi sifatida shakllantirishni taklif etadi.
Xulosa
Erkakning jamiyatdagi o‘rni — bu hukmronlik emas, balki mas’uliyat, ta’minot va axloqiy yetakchilikdir. Islomiy manbalar va g‘arb olimlarining ilmiy qarashlari bu masalada mushtarak xulosaga keladi: erkakning oiladagi va jamiyatdagi faol ishtirokisiz sog‘lom jamiyatni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Muhibulloev Saidmuhammadxon Dovudxon o’g’li
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi
