“MAKTABDA O‘RGANILMAYDIGAN HAYOT SABOQLARI”(Bill Gates maslahatlari asosida)

2

Zamonamizning eng nufuzli milliarderlaridan biri, kitob yozish sohasida ham peshqadam bo‘lgan Bill Gates yoshlar uchun muhim maslahatlar beradi. Unga ko‘ra, maktab va oliy ta’lim muassasalari ko‘pincha muvaffaqiyatga oson erishish mumkin degan yolg‘on tasavvurni shakllantiradi. Natijada, real hayotga moslashishda qiynaladigan, tadqiqot va izlanishlarda sust bo‘lgan yoshlar yetishib chiqmoqda. Shu bois Gates “Siz hech qachon maktabda ta’lim olmaydigan narsalar” mavzusi ostida 11 ta hayotiy maslahatni taqdim etadi.

  1. Sharoitga moslashishni o‘rgan – Hayotda yuz berayotgan vaziyatlarni fahmlash va ularga ko‘nikish muhim.
  2. Daromad haqida xayolparast bo‘lma – Maktabni bitirgan zahoti katta pul topish oson emas. Muvaffaqiyat faqat tirishqoqlik va mas’uliyat bilan keladi.
  3. Dunyo sening o‘zingni yaxshi ko‘rishing bilan emas, qilgan ishing bilan qiziqadi.
  4. Ustozingni qattiqqo‘lligi uchun tanqid qilma – Chunki kelajakda boshliq qo‘lida ishlashda bundan ham ko‘proq sabr talab qilinadi.
  5. Oddiy ishlardan uyalma – Oshxonada ishlash yoki idish yuvish past ish emas, ko‘plab odamlar bunday imkoniyatga ham muhtoj.
  6. Ota-onangni qadrlashni unutma – Ular sening ta’liming va hayoting uchun ko‘p narsadan voz kechishgan.
  7. Avval o‘z xonangni tartibga sol – Dunyo qutqarishdan oldin o‘z hayotingni toza va tartibli qil.
  8. Xatolaringni tan ol va tuzat – Ular sening o‘z xatolaring, ota-onangniki emas.
  9. Imkoniyat har doim berilmaydi – O‘quv yurtida qayta imkoniyat bo‘lishi mumkin, ammo real hayotda ba’zan faqat bir marta beriladi.
  10. Filmlar va internetdagi hayot – yolg‘on – Haqiqiy hayot mas’uliyat va mehnatdan iborat.
  11. Hayot fasllar almashinuvi emas – Umring davomida ta’til bo‘lmaydi, o‘z ishlaringni o‘zing bajarishga o‘rgan.

Xulosa qilib aytganda, Bill Gatesning bu maslahatlari yoshlarni real hayotga tayyorlashga qaratilgan. Uning fikricha, haqiqiy muvaffaqiyat — orzularni ortidan yugurish emas, balki sabr, mehnat va mas’uliyat bilan qadam-qadam olg’a yurishdir.

 

Bobur HAYDAROV

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi