Vatan himoyasi – muqaddas burch!
9

✅2026-yil 14-yanvar kuni Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganigining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
📌Tadbir Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Shahrisabz shahrida joylashgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda harbiy-akademik litsey o‘quvchilari tomonidan pedagog-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga jangovar sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
⚪️Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo‘lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozodligini himoyalash, bu yo‘lda, kerak bo‘lsa, jon fido qilish — shu yurtning jasur o‘g‘lonlari, o‘zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo‘lib kelgan”.
📧Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi qonuniga binoan 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilingan. O‘sha kundan boshlab ushbu sanani “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz.
https://t.me/xojabuxoriy/17866
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT XIZMATI!
