KORRUPSIYA KO‘Z ILG‘AMAS XATAR

32

Korrupsiya – mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarini shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiistemol qilishdan iborat amaliyot. Bunda biror mansabli shaxs o‘zi vaqtinchalik egallab turgan mansabidan o‘zining havoyi nafsi uchun fuydalanib boyib ketishni qasd qiladi va bu bilan butun bir xalqni taraqqiyotdan to‘sib ildiziga bolta uradi. Korrupsiya bo‘lgan joyda tibbiyot, ta’lim, huquqni muhofaza qilish, soliq, bojxona va boshqa sohalar pul evaziga ishlash natijasida davlat rivojlanishdan to‘xtatadi.

Islom dini insonlarni haqqini nohaqdan yeyishni qaytaradi.Alloh taolo Baqara surasi 188-oyatda (Bir-birlaringizni mollaringizni botil yo‘l bilan yemang) deb bu ish harom ekanligini
zikr qilmoqda. Bundan boshqa yana bir qancha oyatlarda ‘’suht’’ deb zikr qilingan Ulamolar buni ‘’pora’’ deb ham tafsir qilishgan. (SHayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy ‘’Tafsiri
Irfon’’ Moida surasi 62 oyat tafsiri). Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam ham muborak hadislarida ‘’Alloh pora beruchini ham oluchini ham la’natlasin’’ (Termiziy rivoyati) deb marhamat qilgan. Boshqa bir rivoyatda ‘’Pora beruchi ham, oluchi ham do‘zaxdadir’’ (Tabaroniy rivoyati) deganlar. Umar ibn Abdulaziz rohmatullohi alayhi ‘’Pora olgan qozining hukmi Alloh oldida bekor’’ degan.

Chet elda qanday jazolar tayinlangan.Buyuk Britaniya sud tizimi korrupsiyada aybdor deb topilgan shaxs 1 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga yoki qanchadir miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Amerika Qo‘shma SHtatlarida 2 yildan 15 yilgacha yoki 250000 dollargacha jariyma solinadi.Xitoyda ham 3 yildan tortib 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi. Bizning vatanimizda ham korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli choralar ko‘rilgan, xususan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan 2016-yil 13-dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan. Bu qonun 34 moddadan iborat. Davlatimiz bu qonun orqali sezilarsi darajada oldinga siljidi. Korrupsiya sitatistikasi, “Transparency International” korrupsiyaga qarshi kurash tashkilotining “Korrupsiyani aniqlash” indeksida dunyo mamlakatlaridagi korrupsiya darajasi e’lon qilindi.

2023 yilda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilgan 180 davlat orasida Mo‘g‘uliston bilan ayni birga – 121-o‘rinni egallagan. Bu o‘tgan yilga (126-o‘rin) qaraganda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash biroz yaxshilanganini ko‘rsatadi.

Indeks natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 100 balldan 33 ball to‘plagan. Ro‘yxat bo‘yicha korrupsiyadan holi eng sog‘lom davlatlar – Daniya, Finlyandiya va Yangi Zelandiya bo‘lib qolmoqda. Suriya, Venesuela va Somali esa mos ravishda 177- va 180-o‘rinlarni qayd etib, eng so‘nggi o‘rinda joylashgan. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari Qozog‘iston 39 ochko bilan 93, Qirg‘iziston 26 ochko
bilan 141, Tojikiston 20 ochko bilan 162, Turkmaniston 18 ochko bilan 170-o‘rinni egallagan. Qolgan qardosh davlatlar Turkiya 34 ball bilan 115, Ozarbayjon 23 ball to‘plab 154-pog‘onadan joy olgan.

Shuningdek, Rossiya 141, Ukraina 104, AQSH 24, Fransiya 20, Xitoy 76, Hindiston 93, Kanada 12, Saudiya Arabistoni 53, Janubiy Koreya 32, Shimoliy Koreya esa 172-qatorda ko‘rsatilgan. (Qalampir.uz)

Birinchi o‘rinda Alloh buni harom qilgan bu borada oyatlar nozil qilgan. Islom dinidan boshqa dinlarda ham bu qattiq qoralangan va bunga qarshi choralar ko‘rilib kelinmoqda. Karupsiya kam va umuman bo‘lmagan davlatlar rivojlanishda ancha oldinlab ketgan. Misol uchun Singapur davlati 1965-yilda mustaqil bo‘lgandan korrupsiyaga qarshi kurashib ulkan natijaga erishgan. Bundan malum bo‘ladiki har birimiz korrupsiyaga qarshi kurashsak davlatimiz bundanda yuqori natijalarga erishadi.

‘’Xoja Buxoriy’’ o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Shopulatov Muhammadqodir