Omma orasida tarqalgan noto‘g‘ri e’tiqod
5

Hozirgi glaballashuv zamonida ommaviy axborit vositalari eng birlamchi xabar tarqatuvchi vosita bo‘lib qoldi. Buningdek qulayliklarni o‘ziga yarasha foydasi bo‘lganidek, ziyonlari ham talaygina. Foydalarini hamma biladi, saqlanish, ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan jihatlarini aytib o‘tilsa, qolgan jihatlari foydali ekani ma’lum bo’ladi. Buningdek uslub insonlar orasida ishlatiladi va uni tagma’noli gaplar deyiladi.
Internet insonlarning har qanday gaplarini bir lahzada hammaga tarqatib yuboradi. Agar bu foydasiz yoki g‘iybat gap bo‘lsa ko‘rgan eshitgan barchani gunohkor qiladi. U yuborgan gap ovozlimi yozmami farqi yo‘q. Zero arab tilida bir qoida bor “الكِتَابُ كَالخِطَابِ” ya’ni yozilgan xatlar, smslar aytilgan so‘zdek hisoblanadi.
Internetning qaltis tomonidan biri hozirda ko‘pchilik e’toqodiy mas’alalarni tap tortmay aytib yoboryapti. E’tiqodiy mas’ala deganda kimnidir jannatiy, kimlarnidir do‘zaxiy, deb hukm chiqarish nazarda tutilgan. Buningdek hukmchiqarishni qaltis deb nomlanishi bejiz emas. Sababi bunda o‘zini iloh deb davo qilish bor. Negaki ishlarning oxirini, oqibarini yolg‘iz Allohgina biladi. Shu mavzuga doir Adham Sharqoviyning ajoyib maqolasi bor. Shu maqolaning muhim nukralar mazmunini quyida keltiramiz:
“Payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolibni o‘limi yaqinlashgan vaqtda Nabiy sollollohu alayhi vasallam unga islom diniga kirishni taklif qiladilar. Abu Jahl bilan Abdulloh ibn Umayya ikkisi: “Abdulmuttalibning millatidan yuz o’gurasanmi?” deydi. Shu holat davom etaverdi ya’ni Rosululloh islomga kiring, desalar Abu Jahl va Abdulloh ibn Umayya ota-bobongni dinidan chiqasanmi? deb turib oladi. Oxiri Abu Tolib: “Men Abdulmuttalibning dinida qolaman”, deydi va shu holatda vafot etdi. Nabiy sollollohu alayhi vasallam: “Allohga qasamki siz uchun istig‘for so‘rayman modomiki bunday qilishdan qaytarilmasam”, deydilar. Shunda Alloh taolo Tavba surasining 113-oyatini nozil qildi. Oyatning tarjimasi quyidagicha:
“Nabiy va mo‘minlar uchun do‘zax egalari ekanligi ayon bo‘lgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, istig‘for aytishlari durust emasdir”
Har yili olamda tibbiyot va muhandislikka ko‘plab xizmatlar qilgan olimlar vafot etadi. Ayrim musulmonlar insoniy mehribonchiliklari bilan e’tiqod orasini o‘z qarichlari bilan o‘lchab, qorishtirib yuborishadi. Huddiki jannat kaliti qo‘llarida turgandek ozmuncha insonlarga manfaati yetkan kimsalarni jannatga kiritib yuborishadi. Yana aytishadi: “Alloh dorini ixtiro qilib insonlardan og‘riqlarni yengillatgan shaxsni qanday qilib azoblaydi”, deyishadi. Yana bir boshqa qism musulmonlarni uchratasiz, ular iymoni bilinmay vafot etgan bir olimga nisbatan do‘zaxiy, deb qat’iy aytishadi, huddiki do‘zax kalitlari qo‘llarida turgandek.
Biz ilm va olimlarni ehtirom qilamiz, xizmatlarini qadrlaymiz. Lekin bu boshqa narsa, jannat va do‘zaxga hukm qilish ayro narsa. Nabiy alayhissalom Abu Tolibni yonini olishlari dori va shunga o‘xshash ixtirolar qilgan kishilarni ishidan ko‘ra muhimroq hisoblanadi. Buningdek ishlarga e’tiqod bilan nazar tashlash kerak, hissiyotlar bilan emas. Buningdek ishlarga Allohdan ko‘ra adolatli, rahmliroq Zot yo‘q, degan kuchli iymon bilan boqish kerakki!
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi Turdibayev Anasxon
