ADOLAT POYDEVORI — KONSTITUTSIYA
21

Har bir xalqning oʻz taqdiri, oʻz yoʻli va oʻz tartib qoidalari bordur. Ushbu qadriyatlarni mustahkamlab, kelajak avlod uchun aniq yoʻnalish berib turuvchi asosiy manba Konstitutsiyasidir. U davlat va jamiyat oʻrtasidagi ishonch koʻprigi, erkinlik va adolatning huquqiy timsoli sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiya soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib tuzilish, tartib, qurilish, belgilash degan maʼnolarni bildiradi. Keyinchalik bu atama davlatning asosiy qonuni, tuzilishi va boshqaruv tartibini belgilovchi hujjat maʼnosida qoʻllana boshlagan.
Har bir davlatning konstitutsiyasi boʻlgani kabi Oʻzbekiston respublikasining ham oʻz konstitutsiyasi bor.
Oʻzbekiston respublikasi 1991-yil 31-avgust da mustaqillikni qoʻlga kiritgach davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash uchun Konstitutsiyaga zaruriyat sezdi.
Oʻzbekistonning Konstitutsiyasini tayyorlash gʻoyasi dastlab Oʻzbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surildi.
Konstitutsiyani yaratish ustida 2,5 yil ish olib borildi. Konstitutsiya 1992-yil 8-dekabr Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilindi. Shunga koʻra 6 boʻlim, 26 bob, 128 modda tashkil etildi. Keyinchalik Konstitutsiya davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va texnologiyalar oʻzgarib, eski normalar zamonga mos kelmay qolgani uchun yangilanishi zarur boʻldi.
2023-yil 30-aprelda oʻtkazilgan umum xalq referendumi orqali Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi va 1-maydan eʼtiboran yangi tahrir kuchga kirdi. Yangi tahrirga koʻra Konstitutsiyada 6 boʻlim, 27 bob va 155 modda tashkil etiladigandir.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya — bu davlatning mustahkam poydevori, xalqning erki va irodasini ifoda etuvchi eng oliy huquqiy hujjatdir. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi va keyingi yillarda takomillashtirib borilishi mamlakatimizda demokratiya, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. 1992-yilda qabul qilingan asosiy qonunimiz mustaqillikning huquqiy kafolati boʻlgan boʻlsa, 2023-yilda xalq irodasi bilan yangilangan tahrir zamon talablari, inson huquqlari va adolat tamoyillarini yanada yuksak darajada mustahkamladi. Bugungi kunda Konstitutsiya har bir fuqaro uchun ishonch manbai, adolat va taraqqiyot yoʻlida bosh qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda.
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 1-kurs talabasi Raximov Xayotbek
