Konstitutsiya: tartib, barqarorlik va yuksalish kafolati
6

Deylik, siz yuk tashuvchi mashina vositasida bir uydan ikkinchisiga ko’chyapsiz.
Agar har bir buyumni o’z o’rnida, tartiblab joylashtirmasangiz 1 mashina bo’ladigan yukni 3 mashina qilib ko’chasiz…
Siz bunda ham vaqtdan ham naqddan yutqazasiz…
Endi bu tartibsizlik tanamizda bo’lsachi?
Ya’ni oyoq qo’l bo’lishni, quloq ko’rishni istab qolsa nima bo’ladi?..
Endi tartibsizlik butun bir davlatda bo’lsachi?
Parokandalik bo’ladi.
Birgina tartib sabab biz qanchalik azizlik yoki xorlik ustida bo’lamiz.
Tartib biz uchun shunchalik muhim ekan, tartib uchun nima kerak?
Hammaning va hamma narsaning joyi, o’rni bo’lishi kerak.
Bularning jamlanmasi qonunlar deb ataladi.
Ha, qonunlar bizning hayotimizda shunday katta ahamiyat kasb etadi.
Olam o‘z yo‘lida yurmog‘i uchun
Har zarra o‘rnida turmog‘i kerak.
Odamning baxti ham bo‘lgali butun
Quloq eshitib, ko‘z ko‘rmog‘i kerak.
Akrom Malik
Davlat daraxt bo’lsa, uning ildizi qonunlaridir,
ya’ni Konstitutsiyasidir.
Biz doimo qonunlarimizni hurmat, himoya va talab qilmoqligimiz kerak.
Ze’ro, ildizi baquvvaqt bo’lmagan daraxt qulashga mahkumdir!
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 1-kurs talabasi Saidkarimov Shohjahon
