Konstitutsiya-  ijtimoiy davlat kafolati

27

Bugungi kun, XI asrga kelib o‘zaro fuqarolar, hamjamiyatlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mo‘tadil va ravon davom etishining asosiy sabablaridan biri bu- qonunlar jamlanmasi hamda bitimlar hisoblanadi.

Fuqarolarning turli xil ziddiyatli va nizoli vaziyatlarini bartaraf etish davlat zimmasiga yuklatilgan ekan, u jamiyat ehtiyojlarini tamomila qondiradigan va muammolarini bartaraf etadigan qonunlarni ishlab chiqadi. Bu kabi maxsus qonunlar to‘plami konstitutsiya deb nomlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi siz azizlarga hayotimizda eng ko‘p uchraydigan va bilishimiz zarur bo‘lgan bir nechta qonunlar haqida ma’lumot keltiramiz.

  1. Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas.[1]

Insonning qadr-qimmati va sha’nining daxlsizligi ushbu qonun bilan balgilab qo‘yilgan ekan, Alloh taolo O‘z bandalarini qay darajada ikrom qilib qo‘yganini kuzatsak:

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَىٰ كَثِيرٍ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا

Bataxqiq, Biz Bani Odamni aziz-u mukarram qilib qo‘ydik va ularni quruqlik-u dengizda (ulov-la) ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik.[2]

Alloh taolo bandalarini karamli qilib yaratgan ekan va davlat tomonidan barcha fuqarolarning daxlsizligi ta’minlangan ekan, bizning tinch hayotimizga hech kim adovat sola olmaydi va biror kishi bizni kamsita olmaydi.

Har kim taʼlim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi.

Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim majburiydir.

Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir.

Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.[3]

Ta’lim tizimini o‘rnatish barcha davlat muhtoj bo‘lgan sohadir.Davlat tashkil topishi bilan albatta, uni boshqarib turuvchi, har bir tarmoqni nazorat qilib turuvchi va eng muhimi, jamiyat va davlat munosabatlarini bog‘lab turuvchi ilm egalariga-yuqori tajribali vakillarga muhtoj bo‘ladi. Bu kabi jarayonlar ta’limga katta e’tibor qaratish zarur ekanligini ko‘rsatadi.

طَلَبُ العِلْمِ فَرِيْضَةٌ عَلَىْ كُلِّ مُسْلِمٍ

(رواه الإِمَامُ ابن ماجه عن أنس بْنِ مَالِكٍ رضي الله عنه)

 

“Ilm izlash – har bir musulmonga farzdir.

(Imom Ibn Moja rivoyatlari)

Ushbu hadisda ham Rosulimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam ilm olishga undaganlar. Johillik va ilmsizlikdan qaytarganlar.

Biz shu vatan farzandi va shu davlat fuqarosi ekanmiz bu kabi ma’lumotlarni bilishimiz nafaqat o‘zimizga balki boshqa vatadoshlarimizga ham manfa’ati ko‘pdir.

Zero o‘z davlatida o‘rnatilgan hamda joriy etilayotgan qonun va qoidalardan bexabar bo‘lish vatanga bo‘lgan e’tiborsizlikdir.

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Abdiraimov Dilshodbek

 

[1]Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. VII bob-Shaxsiy huquq va erkinliklar 26-modda.

[2] Isro surasi 70-oyat.

[3] Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. IX bob-Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar, 50-modda.