Giyohvandlikning haromligi to‘g‘risida shar’iy dalillar
33

Islom dini insonga zarar keltiruvchi narsalarni, ayniqsa eng ulug‘ ne’mat sanalmish aqlni ketkazuvchi yoki uni zaiflashtiruvchi hap qanday narsani hapom deb hisoblaydi. Shuningdek, u inson sog‘ligining ketishiga yoki uning halokatiga sabab bo‘luvchi vositalardan cheklanishga buyuradi.
Alloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamni butun bashariyatga elchi qilib yuborishining sabablaridan biri sifatida toza-pok narsalarning halol ekanligini va nopok narsalarning haromligini ularga bildirish vazifasi deb ko‘rsatgan.
يَأْمُرُهُمْ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ
“… U (payg‘ambar) ularni (insonlarni) yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ulapga harom qiladi …”[1]
Ushbu va boshqa oyati karimalardagi iloxiy ko‘rsatmalarga asoslanib Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Har bur mast quluvchu narsa harom» dedilar.[2]
Ummu Salama raziyallohu anho aytadi:
«Payg‘ambarumuz sollallohu alayhi vasallam hap qanday mast quluvchu, badannu bo‘shashturuvchu va susayturuvchu narsalarnu uste’mol qulushdan man etganlar».[3]
Oyat va hadislarda giyohvand moddalarning nomi keltirilmagan-ku, degan savol to‘g‘ilishi mumkin. To‘g‘ri, Payg‘ambarimiz davrlarida giyohvandlikning o‘zi ham, nomlari ham noma’lum edi. Lekin payg‘ambarlik mo‘jizalaridan biri keyingi davrlarda insoniyatga ham moddiy, ham ma’naviy zarar keltiruvchi nopok narsalarning turlari va nomlari ko‘payib ketishini oldindan bilib, o‘z ummatlarini ogohlantirib ketdilar.
Giyohvandlikka sarf etiladigan xarajatlar esa shaxsga ham, jamiyatga ham iqtisodiy zarar keltirishi bilan birga u isrofgarchilikka kiradi.
Imom Abu Bakr Qastaloniy giyohvand modda turlari va uning haromligiga doir alohida bir kitob yozganlar va nomini «Nashani hapom qilish bilan turmushni ikrom etish» deb ataganlar.
Asrimiz ulamolaridan ham juda ko‘plari bu zahri qotilning zararli ekanligiga oid kitob va risolalar yozganlar. Islom olamining ko‘p diyorlarida uning zararlari va haromligi haqida maxsus fatvolar va maqolalar e’lon qilinib kelmoqda.
Giyohvandlik moddalari ko‘pgina boshqa zararlari bilan bir qatorda mast qilish xususiyatiga ham egadir. Hazrati Oyisha (raziyallohu anho) aytganlarki:
“Alloh taolo aroqni aroq degan nomi uchun harom etgan emas. Balki uni iste’mol qilgandan keyin ro‘y beradigan ko‘ngilsiz voqealar uchun harom qilgan. Qaysi bir narsaning oxir-oqibati aroq kabi bo‘lsa, u haromdir«.[4]
Mabodo, giyohvand moddalar aroq kabi mast qilmaydi deb e’tiroz bildiruvchilar topilsa, ularga javob shuki, Ummu Salama onamiz rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hap qanday mast quluvchi va badanni bo‘shashtiruvchi, zaiflashtiruvchi narsalarni iste’mol qulishdan man’ etganlar».[5]
Giyohvand moddalarning bo‘shashtiruvchi, zaiflashtiruvchi ekanligida esa shubha bo‘lmasa kerak.
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
Qodirov Omon
[1] “Аъроф” сураси 157-оят.
[2] “Саҳиҳ Муслим”
[3] “Сунан Абу Довуд”
[4] Қуртубий тафсири, 37-48-бетлар.
[5] “Сунан Абу Довуд”.
