ISLOMIY ATAMALARDAN SIYOSIY QUROL SIFATIDA FOYDALANISHNING XATARI

71

Bugungi dunyoda global qarama-qarshiliklar, siyosiy manipulyatsiyalar va diniy ekstremizm kabi  jarayonlar keng avj olib bormoqda.Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarning vositasida bu ishlar yana ham keng qamrovli bo‘lib insoniyatga ulkan xavf solmoqda.Chunki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bugungi kunda har qachongidan ko‘ra keng tarqalgandir.

Ayniqsa,ayrim terroristik guruhlar islom dinining asosiy tushunchalarini buzib talqin etish orqali o‘zlarining buzuq maqsadlariga yetishga urinmoqdalar.

O‘zi aslida islom doimo tinchlik,bag‘rikenglik va adolat bilan yashashga chaqiradi. Terrorchi guruhlarning islomning jihod, shahidlik, hijrat, xalifalik, islomiy davlat kabi tushunchalarini buzib talqin etishlari natijasida islom dinini dunyo afkor ommasi oldida yomonotliq qilishmoqda. Zero, islom dini insoniyatni ezgulik, tinchlik, adolat va mehr-oqibat sari chorlaydi. Alloh taolo Qur’oni Karimning Moida surasi 32-oyatida: “Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi” degan. Shu sababdan har qanday zo‘ravonlik islom ta’limotiga mutlaqo ziddir. Aslida islomiy tushunchalar kimligi noma’lum kishilardan emas balki islom ilmlarida yuksak darajaga yetgan, islom mohiyatini tushungan ahli ilm ulamolardan o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu-din oxirat masalasidir ,bu masala esa hammadan olinavermaydi. Muhammad ibn Sirin rohimahulloh “Bu ilm dindir. Dinlaringni kimdan olayotganingizga qaranglar” ,shunday ekan musulmon kishi ziyrak bo‘lmog‘i lozim.

Islomiy atamalarni buzib talqin etish natijasida bir qancha salbiy oqibatlar kelib chiqmoqda. Xususan, jamiyatda diniy adovat va ixtiloflar kuchayadi, yoshlar radikal g‘oyalarga aldanib noto‘g‘ri yo‘llarga kirib hayotini barbod qiladi va diniy qadriyatlarga nisbatan ishonchsizlik ortadi. Shuning uchun musulmonlar har qanday g‘oyalarga ergashib ketavermasligi, ehtiyot bo‘lmog‘i lozim.

Qosimov Muzaffar Maxmatqulovich

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari, magistr