Qur’oni karim Nabiy sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida Jabroil alayhissalom orqali nozil qilingan. Unda nozil bo‘lgan ilk oyat, musulmonlarni bu kitobni o‘qishlikka buyurgan Alaq surasining birinchi oyatidir.

إقْرَأْ باِسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَق

“Yaratgan Robbingning ismi bilan o‘qi.”

Qur’oni karimda barcha ilmlar bor. Shu sababli musulmon banda nimaiki narsani bilishni xohlamasin Qur’oni karimga murojaat qilsa kifoya qiladi. Musulmon ulamolarimiz ham ilm olishdan avval Qur’onni yod olgan. Qur’on ularning ilmiga baraka bergan. Hatto ulamolarimiz Qur’oni karimdan fiqh va aqida masalalarida juda ko‘plab dalillarni o‘rganib fatvolar chiqargan.

عن عثمان رضي الله عنه قال:قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: خيركم من تعلّم  القرآن و علّمه

“Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda rosululloh sollallohu alayhi va sallam: sizlarning yaxshilaringiz Qur’onni o‘rgangan va uni o‘rgatgan kishidir, deb aytdilar.”

Allohning kalomi bo‘lgan eng ulug‘ sanalgan Qur’oni karim ilmini o‘rganish va o‘rgatish eng sharafli amallardan biridir. Albatta bugungi kunda yosh oilalarda ulg‘ayayotgan kichik yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish ota-ona uchun juda muhimdir. Agar birinchi bo‘lib bolaga Qur’on ilmi o‘rgatilsa ilm olishda buyuk ulamolardan bo‘lib yetishadi. Chunki Qur’on boshqa ilmlarni o‘zlashtirish uchun katta yo‘l ochib beradi. Agar kichik yoshdagi bolalarning ongiga ilm singdirilmasa ularning ongiga boshqa keraksiz va buzuq omillar singib ketishi mumkin.

Qudratov Muhammad Yusuf

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi 3-V kurs talabasi