Bag‘rikenglik tushunchasi
75

— Bag‘rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bag‘rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyojhamdir. Bag‘rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.
— Bag‘rikenglik — bu yolg‘on maqtov yoki yon berish emas. U inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishga asoslangan munosabatdir. Hech qanday vaziyatda bag‘rikenglik bu asosiy qadriyatlarga tajovuz qilishga sabab bo‘la olmaydi. Bag‘rikenglikni shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi kerak.
— Bag‘rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm[1] (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya va huquqning tantanasi uchun ko‘maklashish majburiyatidir. Bag‘rikenglik aqidabozliqdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.
— Bag‘rikenglik inson huquqlariga hurmat bilan uyg‘unlashgan munosabatdir. U ijtimoiy adolatsizlikka sabr-toqat bilan qarashni, o‘z e’tiqodidan voz kechishni yoki boshqalarning e’tiqodiga bo‘ysunishni anglatmaydi. Bag‘rikenglik shuni bildiradiki, har bir inson o‘z e’tiqodida erkin bo‘lishga haqlidir va boshqa shaxslar ham shu huquqqa ega ekanligini tan olishi lozim. Shuningdek, odamlar tashqi ko‘rinishi, qiyofasi, nutqi, xulqi va qadriyatlaridagi farqlarga qaramay, dunyoda yashashga va o‘z individualligini saqlashga haqlidirlar. Hech kimning qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.
[1] Plyuralizm yoki Pluralizm (lotincha: pluralis — koʻplik):
1) borliqning bir necha (yoki koʻplab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, manfaatlar, gʻoyalar, qarashlarning ham koʻpligini bildiradi. «P.» terminini nemis faylasufi X. Volf (16791754) kiritgan (1712). P.ning aksi — monizm. Gʻarb falsafasida juda koʻp oqim boʻlib, ular hozirgi falsafaning plyuralistik harakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va boshqalar);
2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruxlar oʻz manfaatlarini oʻz vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va boshqa tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tar-tib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega buladilar. Jamiyatni demokra-tiyalash jarayonida (qarang Demokratiya) P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruxlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fiqolar mavjudligini anglatadi.[1]
O’TKIR G’UZAROV
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri
