CHALG’ITUVCHI DUNYODA MUVAFFAQIYAT SIRLARI
29

Ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalari asri. Bu davrda IT, ijtimoiy tarmoqlar, texnika va gadjetlar rivojlandi va ommalashdi. Internet, haqiqatda, insonlarning uzog’ini yaqin qilmoqda, ma’lumot topishni yanada osonlashtirmoqda. Har kim har qanday ma’lumotni hohlagan yerida va hohlagan vaqtida bir necha soniyalarda topishi, yuklashi va ulashishi mumkin. Internet orqali biror til yoki kasbni o’rganish va o’rgatish, shu orqali daromad olish mumkin. Bir so’z bilan aytganda, internetni ko’plab foydali jihatlari bor. Ammo, uning salbiy tomonlari ham anchagina. Yolg’on ma’lumotlar orqali propaganda “asiri” bo’lib qolish, internetda muntazam foydalanish orqali uyqu va asab tizimining buzilishi, stress va jismoniy harakatsizlikni sog’liqqa zarar berishligi shular jumlasidandir.
Shundan bilamizki, internet va ijtimoiy tarmoqlar maqsad va vazifalarimizdan chalg’ituvchi asosiy omildir. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida musulmon kishi maqsadlaridan chalg’imay, muvaffaqiyatga erishishligi uchun nimalarga e’tibor berishi kerak va nimalardan uzoqda turishi kerak?
1.Vaqtni to’g’ri taqsimlash, behuda va foydasiz kontentlardan uzoqda bo’lish.
Dinimiz bizga doim vaqtni qadriga yetish kerakligini, uni behuda sarlamaslik ta’limini beradi.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: نِعْمَتَانِ مَغْبُونٌ فِيهِمَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ: الصِّحَّةُ وَالْفَرَاغُ . رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Ikki narsa borki, ko’pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri — sog‘lik, ikkinchisi esa — bo‘sh vaqt«, deb marhamat qilganlar.
Shunday ekan, vaqt qadriga yetishimiz va uni to’g’ri taqsimlab, foydali narsalarga yo’naltirishimiz kerak. Shu o’rinda bir hikmatli so’zni ilova qilamiz: “Vaqt qilich kabidir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi”.
- Internetdan ko’p foydalanishlik ko’z faoliyati va ruhiyatga salbiy ta’sir ko’rsatishini inobatga olgan holda internetdan foydalanishga chegara qo’yish.
Qisqa videolar (YouTube shorts, Instagram reels) esa ruhiy salomatlikni va uyqu rejimini buzadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
وَأَنفِقُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا تُلۡقُواْ بِأَيۡدِيكُمۡ إِلَى ٱلتَّهۡلُكَةِ وَأَحۡسِنُوٓاْۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِين
Alloh yo’lida sarf qilinglar va o’zlaringizni o’z qo’llaringiz bilan halokatga otmanglar. Yaxshilik qilinglar, Alloh albatta yaxshilik qiluvchilarni sevadi. (Baqara surasi, 195-oyat).
Alloh taoloning “o’zlaringizni o’z qo’llaringiz bilan halokatga otmanglar” degan so’ziga aynan shu o’ringa tushadi. Inson qo’lidagi zamonaviy qurilmalar (smartfon, noutbuk, planshet va h.k)ni ko’p va behuda ishlatishlishligi bilan ya’ni o’z qo’li bilan Alloh taoloning omonati bo’lgan ko’zga, badanga ziyon yetkazadi.
- Alloh taolo bergan ne’matlarni qadriga yetib, shukr qilishlik.
Ijtimoiy tarmoqlardagi “go’zallik”, “nafislik” va qiyinchiliklarsiz to’kin-sochin hayot lavhalari insonga o’z hayotidan nolishlikni keltirib chiqaradi, o’zidagi bor ne’matlarni ko’rmaslikka, qadrlamaslikka olib keladi. Afsuski, shu sababli, oilaviy muammolar kelib chiqayotgani hech kimga sir emas. Alloh azza va jalla Qur’oni Karimida bandalarini shukr qilishga va ularni vaqtida qadriga yetishga buyuradi. Agar bandalar Allohning ne’matlariga shukr qilsalar, Alloh bu ne’matlarni yanada ziyoda qilishlikni aytadi. Quyida zikr qilingan oyatlarni keltiramiz:
وَإِذۡ تَأَذَّنَ رَبُّكُمۡ لَئِن شَكَرۡتُمۡ لَأَزِيدَنَّكُمۡۖ وَلَئِن كَفَرۡتُمۡ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٞ
Va Robbingiz sizga: «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr kеltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», dеb bildirganini eslang. (Ibrohim surasi, 7-oyat)
فَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَٰلٗا طَيِّبٗا وَٱشۡكُرُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ إِن كُنتُمۡ إِيَّاهُ تَعۡبُدُونَ
Bas, Alloh sizga rizq qilib bеrgan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar Unga ibodat qiladigan bo‘lsangiz, Allohning nе’matiga shukr qiling. (Nahl surasi, 114-oyat)
DAVOMI BOR….
Saidov Ibrohimxon
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi
