EY TOLIBI ILM — KO‘ZINGNI OCH
58

Tolibi ilmlik — Alloh taolo o‘z bandasiga bergan ne’matlarining ichidagi eng afzalidir. Negak,i Alloh taolo ilm olishni insonlarga farz qilib qo‘ydi.
Alloh taolo “Toha surasi 114-oyat”da marhamat qiladi: “Va ayting Robbim ilmimni ziyoda qil”.
Rosululloh sallollohu alayhi vasallam: “Ilm talab qilish har bir, musulmon uchun farzdir” dedilar.
Ulomolarimiz esa ilmga shunday ta’rif berishgan: Alloh taoloning huzurida bu dunyo pashshaning qanotichalik qiymatga ega emas qiymatlanadigan yagona narsa bu ilmdir.
Demak, ilmning qiymati shu qadar baland ekan uning sohibining va talab qilguvchisining qiymati, qadri, darajasi ham shu qadar ulug’dir.
Rosulimiz sallollohu alayhi vasallam: “Kim ilm talab qilib chiqsa qaytguniga qadar u Alloh yo’lidadir” dedilar. Yana boshqa bir hadisda esa: “Kim ilm talab qilib shu yo’lda vafot qilsa, shahid bo’libdi” dedilar. Hattoki, tolibi ilmning oyoqlari ostiga farishtalar qanotlarini to’shashligi va turli balo qazolardan saqlab turishi to’g’risida bir qancha hadislar rivoyat qilingan.
Ulamolar tolibi ilm “ixlosli, tavozuli, sabrli, chidamli, odobli, bir ishga qattiylik bilan kirishuvchi, ustozlariga hurmatli, vaqtni qadirlovchi” kabi sifatlar bilan sifatlangan bo’lishadi deya takidlashganlar. Tolibi ilm bo‘lishdan ko‘ra, tolibi ilmlik safidan chiqib qolish osonroqdir. Bu borada yana ulamolarimizning so‘zlariga qarasak, kimni ilmi bir kunda hech bo’lmaganda bitta harfga bo‘lsa ham ziyoda bo‘lmas ekan o‘zini tolibi ilm deb hisoblamasin deganlar.
Ey tolibi ilm ko‘zingni och sen tolibi ilmsan farishtalar qanotlarini butun xaloyiqning ichidan senga sening oyoqlaring tagiga to‘shayabdi, uyg’on ey tolibi ilm g’aflat uyqusidan tur, agar bu yo‘lda vafot qilsang Rosulimiz sallollohu alayhi vasallam senga shahidlik maqomini xushxabarini berayabdi, sen ko‘zingni och qanday maqomda turganligingni angla.
Norboyev Hafizullo
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi
