JAMIYAT BARQARORLIGI KALITI
23

Solih inson tarbiyalash va mustahkam jamiyatni qurish uchun sof islom aqidasi asos hisoblanadi. Islom aqidasi qalblarda o’rnasihishiga qarab jamiyat ham mustahkam, tinch va turli xurofotlaru buzg’unchilkardan uzoq bo’ladi. E’tiqodning o’zi buzuq bo’lsa, barqaror jamiyat barpo bo’lmaydi. Aqida tushunchasi faqat nazariy iymondan iborat emas balki, hayotning butun jabhasisni o’z ichiga oluvchi bir manhaj bo’lib, fikrlarni to’g’irlovchi, bir vaqtning o’zida ham ummat ham vatanga mansublik ruhini kuchaytiradigan kuchli omildir.
Islom aqidasi insonni Robbisiga bog’lovchi, uning mavjudlik va borliq, hayotga bo’lgan qarashini bilgilab berauvchi maslakdir. Buning natijasida esa, tinch-totuvlik va xotirjamlik hamda jamiyat barqarorligi kelib chiqadi. Bundan kelib chiqadiki, e’tiqod buzuq bo’lsa, o’z-o’zidan fikru-qarashlarni chalkashishiga va hayot yo’lini og’ishiga eng yomoni jamiyatning parchalanishiga olib keladi.
Islom tarixi sof aqida doim millatni kuchi asosi bo’lganiga, agar e’tiqod zaiflasha xalq parokanda bo’lib, bu fasod butun o’lkaga tarqalishiga shohiddir. Xavorij, mo’tazila, karromiya va shi’a toifalari shular jumlasidandir. Bu toifalarni noto’g’ri tushunchalari, noto’g’ri aqidalari sabab qancha-qancha qonlar to’kildi. Shuning uchun, inson o’z aqidasini to’g’irlasa, oilasi va mahallasi so’ngida esa jamiyat barqaror bo’ladi. Aqidasi buzilsa, jamiyat ham buziladi. Atorf jamiyatning buzilishiga insonning o’zi sababchi, to’g’rlanishiga ham o’zidir. Bu haqda Alloh taolo oyati karimasida shunday marhamat qilgan:
إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوۡمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمۡۗ
“Albatta, to bir qavm o’zlarini o’zgartirmagunlaricha, Alloh ularnining holini o’zgartirmas”. (Ra’d surasi 11-oyat)
Ushbu oyati karima jamiyatni isloh qilish nafs va aqidalarni isloh qilishdan boshlanishini ta’kidlomoqda. Chunki aqida insoniyat yo’lini ichki harakatlantiruvchi omildir. Siyosiy-ijtimoiy aloqalarni boshqaruvchi asos va qadriyatlar manbaidir. Alloh taolo boshqa oyati karimasida esa shunday degan:
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَلَمۡ يَلۡبِسُوٓاْ إِيمَٰنَهُم بِظُلۡمٍ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلۡأَمۡنُ وَهُم مُّهۡتَدُونَ٨٢
“Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni (shirkni) aralshtirmaganlar. Ana o’shalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir”. (An’om surasi 82-oyat)
Ma’lum bo’lyaptiki, haqiqiy omonlik va xotirjamlik shirk va to’g’ri aqidadan og’ishdan xoliy bo’lgan iymon bilangina ro’yobga chiqadi. Qachoniki, aqida shubha va bid’atlardan xoliy bo’lsa, jamiyatning barqarorligi va tinchligi bardavom bo’ladi. Agar unga shubha va shirk aralashsa, undan yaxshilik kutib bo’lmaydi, aksincha oilalar parokanda bo’lib, turli ko’ngilsizliklar kelib chiqadi. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
«مثل المؤمنين في توادهم وتراحمهم وتعاطفهم مثل الجسد الواحد إذا اشتكى منه عضو تداعى له سائر الجسد بالسهر والحمى) “رواه مسلم(
“Mo’minlarni bir-birlariga bo’lgan muhabbat, rahmdilliklari va mehribonliklarining o’xshashi bir jasadga o’xhsyadi, agar undan biror a’zo shikoyat qilsa (og’risa), jasadning qolgan a’zolari ham bedorlik va bezgakalsh bilan yordamga shoshiladilar”. Imom Muslim rivoyati
Ushbua hadisda aqidadning birligi shiorning birligiga dalolar qiladi. Shiorning birligi esa, jamiyatning mustahkamligi va birligini keltirib chiqaradi. Bir xalq, bir millat, bir din va e’tiqodning ahamiyati juda muhimdir. Ularning turli tarqoq holda bo’lishi va nosog’lom aqida esa, birlik va chipslikga futur yetqazadi.
Har bir oila boshlig’i avvalo o’zining aqidasini, shu bilan birga qo’l ostidagilarining aqidasi to’g’ri bo’lishiga mas’uldir. Har bir musulmon atrofdagi turli xurofotlarni bartaraf qilishga masuldir, indamay qarab turish yoki e’tiborsizlik esa, insoniy sifatga munosib kelmaydi. Hammamiz birlashsak, bir tanu-bir jon bo’lsak, barcha ishlarni qilishga qodir bo’lamiz. Alloh taolo barchamizni sof e’tiqoddan og’ishtirmasin Amin!
Manbalar asosida
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasi o’qituvchisi
Muhibullayev Saidmuhammadxon tayyorladi
