O‘Z JONIGA QASD KILISH YOMON ILLATDIR
65

Mo‘min kishi yaxshilikni ham yomonlikni ham Allohdan deb biladi. Hech shak- shubxa yo‘qki, qadarga iymon keltirganligiga. Qazoi qadar Alloh taoloni sirlaridan bulgan bir sirdir. Xattoki, uni Alloh taoloni xos farishtalar va Nabiysi Rosul alayhissalomlar xam bilmadilar, bu ulug‘ zotlarga ma’lum bo‘lmagan ishlarda insonlarni baxslashmoqliklari juda xam katta xatolardan sanalaymaydimi?
Alloh taoloni oyatida:
لَا يُسْأَلُ عَمَّا يَفْعَلُ وَهُمْ يُسْأَلُونَ (23)
Ya’ni: U qilgan narsasidan so‘ralmas. Xolbuki ular so‘ralurlar. (Anbiyo, 23-oyat)
Ya’ni, Alloh taolo bandasiga nima hukm qilganidan suralmas, ammo banda qilgan ishidan ertaga so‘ralur.
Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilingan hadisda:
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : خرج علينا رسول الله صلى الله عليه وسلم ونحن نتنازع في القدر فغضب حتى احمر وجهه حتى كأنما فقئ في وجنتيه الرمان فقال ( أبهذا أمرتم ؟ أم بهذا أرسلت إليكم ؟ إنما هلك من كان قبلكم حين تنازعوا في هذا الأمر ، عزمت عليكم ألا تتنازعوا فيه ) (1)
Ya’ni: Abu Xurayra roziyallohu anhu aytdilarki, biz qadardan baxs qilib turgan edik, Rosululloh (s.a.v.) bizni oldimizga chiqdilar va g‘azab qildilar. Hattoki yuzlari qizarib ketdi, go‘yoki ikki yanog‘ida anorni siqilganiday bo‘ldi. Bas aytdilarki: shunga buyurildilaringmi yoki shu uchun sizlarga yuborildimmi? Albatta sizlardan oldingi kishilar halok bo‘ldi, mana shu ishda tortishganlari uchun. Sizlarga qaror qilaman bu masalada baxslashmasliklaringni. deb marxamat kildilar.
Demak, mazkur oyati karima va Xadisi sharifdan ma’lum bo‘ladiki, Qazoi qadarning bobida xargiz tortishmaslik, aksincha kadariyya va jabariyalarni yo‘lini tutgan bo‘ladi. Bu xatarli yo‘ldan omon qolish mushkildir, mo‘min kishilar bunday ishlardan ogoh bo‘lishlari vojib bo‘ladi.
Shunga qaramay ba’zi musulmon kishilar ham qadar masalasini oddiy holat bilib, o‘zini har qanday so‘zida yoki ishida qadarni qo‘shib gapirishga odat qilib olganlar. Bunday holat johilllik va nodonlikdandir.
Taajjublik xolatki, bir gunoh ish qilsa yoki biror bir amalni tark qilib, so‘ngra qadarni o‘zini bu kilgan ishiga hujjat qilishi, shariatda xam va aql bilan uylab kurilsa xam bu ishi durust emas.
Qadarni xujjat kilish qachon joiz bo‘ladi? Faqat bandani ihtiyorisiz bo‘lgan ishlarda, masalan, bir kishiga musibat yetsa yoki faqirlik, bemorlik va yaqinidan ayrilish yoki moliga talofat yetsa, bunday tasodif, kutilmagan holatlarga qadarni xujjat qilishni musulmonlar joiz sanadilar.
Chunki Axli sunna val jamoa, bandani har qanday ishiga, Alloh taoloning qozoi qadarini xujjat kilishni joiz emas ekanligiga ittifoq qilganlar.
Farazan bir gunoh qilib yoki itoatni tark qilib, bu qadardan degan johillarning raddiga ilmiy asoslar bilan fikr bildirilmas ekan. Ular xotirasiga kelgan har qanday buzuq ishni qilib so‘ngra qadarni hujjat qilishdan toymaydi. Bir kishi savol berdi: “O‘z joniga qast qilsa ham qadardanmi?” deb, ya’ni qadardan demoqchi bo‘ldi. O‘z joniga qasd qilish juda og‘ir gunoh sanaladi, buni azobi dunyo oxirida ham davom etadi. Qiyomat kuniga qadar to‘xtamaydi.
وعن ثابت بن الضحاك رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: (من قتل نفسه بشيءٍ في الدنيا عُذِّب به يوم القيامة) رواه البخاري ومسلم.
Abu qoloba ibn Zahhok (ra): “Rosululloh (s.a.v) aytdilarki: “Kimki bir narsa bilan o‘zini joniga qasd qilsa, bas o‘sha narsa bilan qiyomatda azoblanadi”.
عن جابر بن سمرة قال أتي النبي صلى الله عليه وسلم برجل قتل نفسه بمشاقص فلم يصل عليه
Jobir ibn Sumra (r.a)dan: Albatta Nabiy (s.a.v) o‘zini joniga nayza bilan qasd qilgan insonni oldiga keldilar va uning janozasini o‘qimadilar.
Rosululloh (s.a.v) bir insonni janozasiga hozir bo‘lib, ammo unga janoza namozini o‘qimaganliklaridan ko‘ra, ortiqrok azob bormi dunyoda, uning farzandlari, ota-onasi yoki qarindosh-urug‘lari ham bu ma’naviy azobdan holi bo‘lisha oladilarmi? Alloh asrasin.
Bu zikr qilingan qat’iy qoidalardan mo‘minlarga bunday og‘ir gunohlardan hazar qilishliklari vojib bo‘ladi. Har qanday holatda ham, og‘ir dard kuchayib ketsa yoki musibat yetsa, bularga sabr qilib qazoi qadarga rozi bo‘lib, Alloh toologa qurbat paydo qiladi va dunyo va ohiratda baxt-saodatga erishadi.
Chunki har bir qilayotgan noo‘rin amalimiz avvalo iymonimizga keyin jamiyat va millat sha’niga salbiy ta’sir qilmay qo‘ymaydi. Shunday ekan, shayton vasvasasidan doim Alloh tolodan panoh so‘rab yurishimiz lozim bo‘lar ekan.
Yer yuzida fasod ishlarini qilib, o‘zlarini buzuq ishlariga qadarni hujjat qilishmokchi bo‘lishadi, o‘zlarini fasod ishlariga qadarni hujjat qilishi shar’an va aqlan joiz emas dedik. Joiz emasligiga shar’iy dalil shuki: Alloh taoloni oyatida. (Anom 148-oyat)
سَيَقُولُ الَّذِينَ أَشْرَكُوا لَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا أَشْرَكْنَا وَلَا آبَاؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن شَيْءٍ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُوا بَأْسَنَا ۗ قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍ فَتُخْرِجُوهُ لَنَا ۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ (148)
YA’ni: Hali shirk keltirgan: «Agar Alloh xohlaganda biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edi va biror harom qilmas edik»-derlar. Ulardan avvalgilar ham azobimizni totigunlariga qadar shunga o‘xshash yolg‘onga chiqarib turganlar. «Sizning huzuringizda bizga ko‘rsatadigan biron ilm hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yalg‘on gapirmoqdasizlar»- deb ayt. (Anom surasi 148-oyat)
Mazkur oyati karimda mushriklar o‘zlarini shirklariga qadarni hujjat qilmoqchi bo‘ladilar. Demak, kim bir gunoh qilib, so‘ng qadarni hujjat qilsa, mushriklarni yo‘lini to‘g‘ri deb bilib, Alloh tologa zulimni nisbat bergan bo‘ladi. Alloh saqlasin bunday deyishdan.
Va yana gunoh ishga yoki amalni tark qilinganda qadarni hujjat qilish joiz emas, aqliy dalilga ko‘ra xam deganmiz. Masalan: Qaysi kishi bir shaharga safar qilmoqchi bo‘lsa, shaharga olib boradigan ikki yo‘l bo‘lsa, biri tekis, yaqin va tinch yo‘l bo‘lsa, ikkinchisi uzoq, mashaqqatli bo‘lsa gumon yo‘qki, avvalgi yaqin yo‘lni tanlaydi, xech bir kishi Menga taqdir qilingan yo‘l ikkinchisi ya’ni, uzoq-mashaqqatliligi bo‘lsa kerak deb shu yo‘lga yurmaydi. Nima uchun ohirat ishida azob, do‘zah yo‘lini qo‘yib, abadiy rohat bo‘lgan jannat yo‘lini tanlamaydi.
Bu dalillarni mulohaza qilib ko‘rsak, bunday nomakul ishlar qozoi qadarga rozi bo‘lmaslikdan va noshukurlikdan kelib chikadi, unday insonlarni o‘ta zaifligi va millat birdamligini ko‘rolmay, maqsadi fitna ekanligi ma’lum bo‘ladi. Hadisi sharifda:
فيقول النبيُّ ﷺ في الحديث الصحيح: المؤمن القوي خيرٌ وأحبُّ إلى الله من المؤمن الضَّعيف،
Ya’ni: quvvatli yaxshi va mahbubrokdir Alloh tologa, zaif mo‘mindan ko‘ra deb Rosulullox sollallohu alayhi vasallamni marhamat qildilar.
Albatta dunyo xayoti mo‘minlar uchun sinov imtixon dunyodir. Bataxqiq insonga ko‘p ne’matlar yetadi. Ba’zan uni aksi bo‘lib musibat va faqirlarlik yetada. Mo‘min kishi bunday xolatda qazoi qadarga rozi bo‘lib nematlarga shukr qiladi va musibatga sabr qiladi. Bu bilan Robbisi tomonidan bo‘lgan rahmat va mag‘firatga musharraf bo‘ladilar. Ba’zi kishilarga kimning millatidansan deb savol berilsa, albatta Ibrohim xalilullohni millatidanman deb javob beradi. Ibrohim xalilullohni millati qanday bo‘lish kerak xech uylab ko‘rganmizmi? Ibrohim Xalilloh olovga otilganlarida xam Alloh taoloni qozoyi qadariga rozi bo‘lib sabr qildilar va najot topdilar. Biz millatni davo kilamiz, ammo ba’zilar tinch va xotirjam zamonda yashab turib, arzimas kamchiliklarni ham katta fojiya bilib taqdirga rozi bo‘lmay noshukurlik qilib ijtimoiy tarmoqlarda uni butun dunyoga tarqatib millatni xalqni qalbiga tashvish solib, xalqimizni tinch va osuda hayotini izidan chikarmoqchi bo‘lishadi, ular bu ishlari bilan Alloh taoloni hukmiga qarshi chiqib dunyo va oxiratda Alloh taoloning g‘azabiga duchor bo‘lishligiga sabab bo‘lishmoqda. Allohga shukurki, aslida bu farovon zamon unday kimsalarga taqdirga rozi bo‘lib, noshukurlik qilmasdan, chiroylik go‘zal hayot garovidir.
Bunday ko‘zga ko‘rinmas illatni jamiyatni ichida bo‘lishligi, insoniyatga zarari juda katta va xatarlidir, bundan ogoh bo‘lgan xalqimiz, ustozlar mana bunday xurujlardan o‘z vatani xalqini himoyasi yo‘lida jahon maydonlarida ilmiy va aqliy dalillar asosida aqidasi buzuq toifalar fikriga qarshi ilmiy munozara qilib kelmoqdalar. Barchalaridan Alloh rozi bo‘lsin.
Yurtimizni tinchligi, xalqimizni xotirjamligi bardavom bo‘lsin, amin.
Mirzonazar Xusanov
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi
