ROBBINGNING ZIKRIGA SHOSHIL

27

Quran and rosary, the holy book of muslims on rahle, ramadan and holy night concept

Alloh taolo yaratgan maxluqotlar ichida eng afzali insondir. Alloh taolo insonni ulug‘ qilib yaratdi, unga aql berdi, hamda jamiki hayvonot va nabotot olamini insonga xizmat qilishlik uchun bo‘ysindirib qo‘ydi shu bilan birgalikda bandalariga faqat o‘ziga ibodat qilishlikga buyurdi. Alloh taolo bandalariga mehribon va rahimdil zotdir. Agar insonlar to‘g‘ri yo‘ldan ozadigan bo‘lsalar ularga o‘z rosullari va nabiylarini yubordi, bandalarni hidoyat qilishlik uchun va ularga rahmat o‘laroq yaratib qo‘ygan jannatiga kirgizishlik uchundir albatta… Modomiki bandalar aql yuritmas ekanlar va ma’siyatlarida davomiy bo‘lar ekanlar, Alloh taolo ularni bir balo bilan balolantirib qo‘ydi, bu ulardan keyingi ummatlarga ibrat bo‘lishi uchun.

Inson ikki qismdan iborat, biri ruh boshqasi esa tanadir. Biz tanani turli xil yeydigan va ichadigan ne’matlar ila oziqlantiramiz, lekin ruhni oziqlantirishimiz taomlar bilan emas balki, Alloh taoloni ko‘p zikr qilish, Qur’onu karimni ko‘p tilovat qilish, solih amallar qilish bilan bo‘ladi. Ruhning kuchli bo‘lishi insonni kuchli, irodali, jasoratli hamda ma’naviyati yukasak bo‘lib shakllanishiga asosdir. Agar inson Robbisining zikridan uzoq bo‘lsa uning ruhi kuchsizlanib boradi, qalbi esa qorayib tosh kabi qattiqlashib, bora- bora muzlab qoladi, bunday insonlar esa jamiyatni rivojida bir illat kabi bo‘lib qoladi. Inson Qur’onu karimni tilovat qilishi, Alloh taoloni ko‘p zikr qilishi hamda qilgan gunohlariga istig‘for aytishi bilan uning darajasi Robbisining huzurida ko‘tariladi, Alloh uning qalbiga xotirjamlik beradi qolaversa, nomayu amolini savob bilan to‘ldiradi.

وَعَنْ أبي هريرة ضري الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : » مَنْ قَالَ: سُبْحَانَ

اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ فِي يَوْمِ مِائَةً مَرَّةٍ حُطَّتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ ).مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ(

Ma’nosi: Abu Hurayra r.a. dan rivoyat qilinnadi. Nabiy sallollohu alayhi vasallam: Kim bir kunda yuz marotaba “ صبحان الله و بحمده” desa undan gunohlari o‘chiriladi. Agar dengizni ko‘pigicha bo‘lsa ham. Dedilar

Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.

Rosulimiz s.a.v bizga zikirning afzalini ham o‘rgatdilar:

وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : » أَفْضَلُ الذِّكْرِ : لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَأَفْضَلُ الدَّعَاءِ:

الْحَمْدُ لِلَّهِ «. رَوَاهُ التَّرْمِذِي وَابْنِ مَاجَه

Ma’nosi: Jobir r.a dan rivoyat qilinadi. Rosululloh s.a.v: zikrning afzali “لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ” duoning afzali “الْحَمْدُ لِلَّهِ”dir, dedilar. Termiziy va ibnu Moja rivoyati.

Ko‘p insonlar baxt oddiylikda degan fikirni olg‘a surishadi aslida esa baxt xotirjamlikdadir. Inson Robbisini ko‘p zikr qilishi, solih amallar qilishi, Qur’omu karimni tilovat qilishi bilan ma’naviy kamolatga erishadi, qalbi esa ravshanlashadi, xotirjam bo‘ladi hamda unga yetadigan musibatlarni yengib o‘tishlikga kuch va jasorat topa oladi.

                                                                                        

Norboyev Hafizullo 

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi