ISROFGARCHILIK VA UNING ZARARLI OQIBATLARI

53

واتاكم من كل ما سألتموه وان تعدوا نعمت الله لا تحصوها ان الانسان لظلوم كفار

“U sizlarga so‘ragan narsalaringizning barchasidan berdi. Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz, sanab adog‘iga yetolmaysiz. Albatta, inson zolim va noshukrdir.”

(Ibrohim surasi, 34-oyat)

Bu mavzuga kirishishdan avval yuqoridagi oyatni zikr etib, butun musulmon ahliga qanchalar ko‘p, hattoki sanab adog‘iga yeta olmaydigan darajadagi ne’matlar orasida yashayotganligimizni eslatib o‘tmoqchiman. Endi shu ne’matlarning shukrini ado eta olayapmizmi yoki aksincha isrof qilayapmizmi?

Bu hayotda yashar ekanmiz bajarishga majbur bo‘lgan ishlarga yo‘liqamiz, garchi uning hayotimizdagi zararlarini bilsak-da. Lekin ayni damda jamiyatimizda avj olishi bilan birgalikda ko‘plab kishilar unga amal qilayotgan illat bu-

ISROFGARCHILIK

Keling,dastavval, hayotimizda nish urib rivojlanib borayotgan bu illat borasida Qur’oni Karimda  va Hadisi sharifda qanday  eslatmalar zikr etilgan.

انَّ الْمُبَذِّرِينَ كَانُوا إِخْوَانَ الشَّيَاطِينِ

“Albatta, isrof qiluvchilar shaytonlarning birodarlaridir.”

(Isro surasi,26-oyat)

Bu oyat barchamizga yetarli darajada hikmat bo‘lishi kerak, Alloh bizga shunday ne’matlarni bersada, biz ularni isrof qilib, ota-onamiz Odam va Havo alayhissalomlarni jannatdan chiqarilishiga sababchi bo‘lgan shaytonga birodar bo‘lamizmi,Alloh asrasin!!!

وَالَّذِينَ هُمْ عَنِ اللَّغْوِ مُعْرِضُونَ

“Ular (mo‘minlar) behuda (foydasiz) narsalardan yuz o‘giruvchilardir.”

(Mu’minun suarsi, 3-oyat)

Isrofning oqibatlarini Qur’oni Karimda yetarli darajada bayon eta oladigan oyatlar bo‘lsada, men aynan bu oyatni tanlashimning sababi, ko‘p tolibi ilmlar va yoshlar ayni vaqtda o‘zlarining zimmasiga yuklanmagan, na dunyo hayoti va na oxirat hayotiga foyda beradigan ishlar bilan shug‘ullanib yurganligidir.

Bu oyatni sizlarga eslatishimning sababi, behuda narsalar bilan shug‘ullanish vaqtni isrof qilishning ayni o‘zidir.

Zora, shu ma’lumotlarni o‘qib, vaqt qadrini fahmlab olsa-yu, oyatda zikr etilgan haqiqiy behuda narsalardan yuz o‘giradigan mo‘minlar bo‘lishsa.

ما ملا ابن ادم وعاء شرا من بطنه بحسب ابن ادم اكلات يقمن صلبه فان كان لا محالة فثلث لطعامه وثلث لشرابه وثلث لنفسه

رواه الترمذي

“Odam bolasining to‘ldirgan eng yomon idishi — uning qornidir. Odamga belini tik tutib turish uchun bir necha luqma kifoya qiladi. Agar albatta to‘ymoqchi bo‘lsa, (unda) qornining uchdan birini ovqat, uchdan birini ichimlik, va uchdan birini nafas uchun ajratsin.”

Termiziy rivoyat qilgan.

Rosulimiz sallollohu alayhi vasallam ushbu hadisda taomlanishdagi oz miqdorni iroda qilganlar. Lekin har bir tolibi ilm o‘zi yeydigan taomining, har bir mezbon mehmonga yetarli bo‘ladigan noz-ne’matlarining va yana har bir erkak o‘z oilasi uchun kerakli bo‘ladigan yeguliklarning miqdorini bilsada, undan ko‘prog‘ini talab va iste’mol qilishi yuqoridagi hadisimizga zid bo‘lib, taomlanishda koplab isrofgarchiliklarga olib keladi.

Bu hayotda nimaiki bo‘lsa Odam alayihissalom farzandlariga in’om va ne’mat  qilib berilgandir. Ayni vaqtda, nafaqat isrofgarchilikdan saqlanishimiz, balki boshqa birodarlarimizni ham hisob-kitobi og‘ir bo‘ladigan bu gunohdan qaytarishimiz bizning majburiyatimizdir.

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsu islom ta’lim muassasasi 3 kurs talabasi Abdiraimov Dilshodbek