Hijrat niqobi ostida odam savdosi
11

Hijrat bu so’zni eshitganimizda beixtiyor xayolimizga Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Makka shahridan Madinaga ko’chib o’tishlari gavdalanadi.Ha hijrat bu islomda muhim o’rin tutgan amal.Islom tarixidan ma’lumki hijrat -iymonni saqlab qolish uchun najot yo’li bo’lgan.Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonlarga Habashistonga va keyinchalik Madinaga hijrat qilishga ruxsat berganlar.Ammo bugungi kunda ayrim kuchlar islomning muqaddas tushunchalarini xossatan hijrat tushunchasini suiste’mol qilib yashirin tarmoqlar orqali odamlarni chet elga olib chiqib ularni majburiy nikoh,xizmat,jinoyatga undash ekstremistik guruhlarga jalb etish holatlari uchrab turibdi.Bu esa dinni niqob qilib ,odamlarni o’z maqsadlari yo’lida qurbon qilishdir.Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Musulmon musulmonga zulm qilmaydi,uni yolg’iz tashlab qo’ymaydi.” (Imom Buxoriy rivoyati)
Bugungi kunda O’zbekistondan hijrat qilishga chaqirayotganlar insonlarni bevosita urush o’choqlari bo’lgan mintaqalarga yuboradilar va ularni kimligi va kimlarga xizmat qilishi nomalum bo’lgan ekstremist to’dalarga topshirib o’zlari shuni ortidan daromad topib insonlarni hayotini izdan chiqarib barbod qilmoqdalar.Shuning uchun bugungi kunda har bir vatandosh ehtiyotkor bo’lmog’I lozimki shunday kimsalarning yolg’onlari qurboni bo’lib qolmasinlar.Dinni o’rganish va unga amal qilib yashash O’zbekiston Respublikasi qonunlari asosida himoya qilingan, buni to’g’ri anglash,anglatish va hayotimizga joriy etish har birimizning vazifamiz.Shuning uchun aytar so’zimiz shuki bugungi kunda diniy ilmni har kimdan olib ketaverish yaramaydi zero bu hayot-mamot masalasi bo’lib, diniy ilmlarni ustoz ko’rgan ahli sunna ulamolaridan olmoq maqsadga muvofiqdir.
Muzaffar Qosimov,
“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudir o‘rinbosari
