MAZHABSIZLIKNING SALBIY OQIBATLARI
7

Bugungi kunda musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo‘ldiki, u ham bo‘lsa mazhabcizlikka chaqiruvchilar toifasidir.
Avvalo mazhab haqida aytadigan bo‘lsak, Mazhab — bu Qur’on va hadislar asosida yuzlab mutahassis, mujtahid ulamolar tomonidan yaratilgan ilmiy fiqhiy tizimdir.
Ulamolar fiqhiy mazhablarga ergashishni tavsiya qilgan, chunki bu ilmiy tizim va mustahkam asoslarga ega.
Mazhabsizlik esa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shulardan ba’zilarini aytib o‘tadigan bo‘lsak,
- Birinchidan Ijtimoiy va diniy tartibsizlikka sabab bo‘ladi.
Mazhablar musulmon jamiyatida diniy qoidalar va amaliyotlarni mustahkamlaydi. Mazhabsizlik esa turli talqin va amallar paydo bo‘lishini va buning natijasida jamoada birlikning susayishiga olib keladi.
- Ikkinchidan, Ilmiy manbalarning yo‘qolishi sabab bo‘ladi.
Chunki, Mazhablar o‘z ichida katta ilmiy an’analarga ega. Ular Qur’on va Sunnatni izohlash va tushuntirishda katta yordam beradi. Mazhabsizlikda esa bu ilmiy tizim yo‘q bo‘lishi mumkin, natijada noto‘g‘ri yoki yorqin bo‘lmagan talqinlar paydo bo‘ladi.
- Uchinchidan, Iymon va amallardan adashishga olib kelishi mumkin. YA’ni, Mazhablar islomning to‘g‘ri amal qilish qoidalarini belgilaydi. Agar mazhabsizlik bo‘lsa, insonlar o‘zlariga qulay bo‘lgan yoki noto‘g‘ri talqinlarga amal qilishlari mumkin.
- To‘rtinchidan, Diniy va fiqhiy tartibsizlik keltirib chiqaradi.
Mazhablar — Islom qoidalari va ibodatlarni tushunish va amalda bajarishda aniq yo‘riqnomalardir. Ular yo‘l-o‘rnatgich bo‘lmas ekan, odamlar har xil va bir-biriga zid fiqhiy qarashlarga ega bo‘lib, bu diniy tartibsizlikka olib keladi.
- Beshinchidan, Mazhabsizlik kelishmovchiliklarni kuchaytirishi mumkin, chunki har bir kishi o‘z xayoliga ko‘ra islomni tushunishi mumkin, bu esa ixtilof va bo‘linmalarga olib keladi.
- Oltinchidan, Diniy o‘quv va ta’limning zaiflashishiga olib keladi.
Mazhablar diniy ta’limda asosiy standartlar va yo‘riqlar o‘rnatadi. Mazhabsizlikda esa ta’limda aniq yo‘nalish va tizim yo‘q, bu esa talabalarni noto‘g‘ri yo‘lga solishi mumkin.
Demak, mazhabni mahkam tutishimiz lozim. Chunki mazhabda bo‘lish — bu Islom fiqhida, ya’ni amaliyotga doir masalalarda bir yo‘lni tutish, muayyan bir ijtihod maktabiga ergashishdir. Bu yo‘l — Qur’on va Sunnat asosida ulkan ilm va taqvo sohiblari bo‘lgan mujtahid imomlar tomonidan tartibga solingan va ummat tomonidan qabul qilingan yo‘ldir.
Alloh taolo bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan ulamolarimizni o‘z rahmatiga olsin! Bizni mazhabsizlik fitnasidan saqlasin va to‘g‘ri aqiydada, to‘g‘ri amalda sobit qilsin!
ALIMARDON KAROMATOV
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi MATBUOT KOTIBI
