YETIMPARVARLIKNING GO‘ZAL NAMUNASI

33

"Tiled dome of a mosque in Samarkand, UzbekistanMore images of same photographer in lightbox:"

 

Olloh taologa cheksiz hamdu sanolarimiz va suyukli payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam ga durud tahiyyotlarimiz bardavom bo‘lsin.

Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam faqirlarga, etimlarga va muhtojlarga nisbatan beqiyos mehribonlik va rahm-shafqat bilan muomala qilganlar. Va ummatlarini ham kambag‘allarga va etimlarga yaxshilik qilishga, ularni himoya qilishga va mehribon bo‘lishga targ‘ib qilganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari kambag‘allarga alohida e’tibor qaratar edilar. Ular bilan birga o‘tirib ovqatlanar, ularning holidan xabar olar va ehtiyojlarini qondirishga harakat qilar edilar. Bir hadisda shunday deyilgan:

«أَحَبُّ النَّاسِ إِلَى اللَّهِ أَنْفَعُهُمْ لِلنَّاسِ، وَأَحَبُّ الأَعْمَالِ إِلَى اللَّهِ سُرُورٌ تُدْخِلُهُ عَلَى مُسْلِمٍ، أَوْ تَكْشِفُ عَنْهُ كُرْبَةً، أَوْ تَقْضِي عَنْهُ دَيْنًا، أَوْ تَطْرُدُ عَنْهُ جُوعًا، وَلَأَنْ أَمْشِيَ مَعَ أَخٍ لِي فِي حَاجَةٍ أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ أَنْ أَعْتَكِفَ فِي هَذَا الْمَسْجِدِ — يَعْنِي مَسْجِدَ الْمَدِينَةِ — شَهْرًا …»

«Allohga eng suyukli odamlar — odamlarga eng foydali bo‘lganlaridir. Allohga eng suyukli amallar — musulmonga xursandchilik kiritish yoki uning bir qiyinchiligini ketkazish, yoki qarzini to‘lash, yoki uning ochligini ketkazishdir. Va mening bir birodarimning hojatida yurishim men uchun bu masjidda — ya’ni Madina masjidida — bir oy itikofda o‘tirishdan suyukliroqdir…» (Tabaroniy rivoyati).

Bir kuni bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kelib, oziq-ovqatga muhtojligini aytdi. U zot uylarida hech narsa yo‘qligini bildirib, sahobalardan uni mehmon qilishlarini so‘radilar. Bir sahoba uni uyiga olib ketib, uyida faqat o‘z bolalari uchun etarli bo‘lgan taomni uning bilan bo‘lishdi. Bu voqea yuzasidan Olloh taolo Qur’onda (Xashr 9-oyatida) ularni sahovatini maqtagan.

 وَيُؤْثِرُونَ عَلَىٰ أَنفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ ۚ (9)

Ya’ni: “Va agar o‘zlarining xojatlari bo‘lsa ham, ularning o‘zlaridan ustun qo‘yarlar”. (9-oyatida)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  etimlarga nisbatan g‘amxo‘r bo‘lishni qattiq tavsiya qilganlar. Bir hadislarida:

— وعن أبي أمامة — رضي الله عنه — قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : » من مسح رأس يتيم لم يمسحه إلا لله ، كان له بكل شعرة تمر عليها يده حسنات ، ومن أحسن إلى يتيمة أو يتيم عنده كنت أنا وهو في الجنة كهاتين » وقرن بين أصبعيه . رواه أحمد ، والترمذي ،

Ya’ni: “Kim etimning boshini silasa, Alloh unga har bir tutgan soch tolasi miqdorida savob beradi. Kim etim bolalarga yaxshi muomala qilsa, jannatda men bilan shunday bo‘ladi» – deb, ishorat va o‘rta barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatganlar. (Buxoriy, Adab)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari ham etim bo‘lganliklari sababli, etimlarning holini juda yaxshi tushunar va ularga g‘amxo‘rlik qilishga katta ahamiyat berganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni ham muhtojlarga, etimlarga va bevazanlarga g‘amxo‘rlik qilishga undaganlar. Bir kuni bir kishi Rasulullohga qalbini qattiqligidan shikoyat qilganida, U zot shunday dedilar:

رواه أبو هريرة رضي الله عنه أن رجلاً شكا إلى النبي صلى الله عليه وسلم قسوة قلبه فقال: ‘إن أردت أن يلين قلبك فأطعم المساكين .‘.

«Agar diling yumshoq bo‘lishligini xohlasang, etimni boshini sila va uni oziqlantir» . (Ahmad, Musnad)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  faqirlarga, muhtojlarga va etimlarga yaxshilik qilishda doimo o‘rnak bo‘lganlar. Ular hech qachon kambag‘allikni ayb deb hisoblamas, balki muhtojlarga yordam berishni buyurar edilar.

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir faqir ayol kelib, yordam so‘radi. U zot uning ehtiyojini qondiribgina qolmay, uning qalbini xotirjam qilish uchun yaxshi so‘zlar bilan taskin ham berdilar.

فعلى الإنسان أن يحرص على الخير: إمَّا بالصدقة والمعروف ولو بالقليل، وإمَّا بالكلام الطيب، كما في حديث أبي هريرة: يقول ﷺ: الكلمة الطّيبة صدقة :

Ya’ni: Insonlarga lozim bo‘ladi: yaxshilikka, sadaqotlarga, ma’ruf ishlarga xaris bo‘lmoqliklari. Agar u oz bo‘lsa hamki, yaxshi muomala ham sadaqotdir.

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshi so‘z ham sadaqotdir»,-deb  marhamat qildilar.

Albatta, bunday oliy himmat, mehr buyuk xulq sohibiga xos edi.

Mo‘minlar har bir ishlarida Payg‘amabarimiz sollolohu alayhi vassallamga tobe bo‘lganlar. Shu bilan birgalikda etimlarga va muhtojlarga g‘amxurlik qilishlikda ham Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashganlar.

Xususan, mazhabboshimiz Abu Xanifa rahimaxulloh ham muhtojlar va faqirlarga juda rahm-shafqatli bo‘lganlar, xattoki o‘z ijtihodlarida ham faqirlarni unutmadilar. Bas, ushrni (o‘ndan biri) vojib qildilarki, erdan olinadigan hosillarning har bir naviga, agar oz bo‘lsa ham va bir muddat aynimay turmasa ham (ko‘katlar, pamidor, qovun, tarvuzlar).

Boshqa mazhablarda esa erdan olinadigan hosillarning turadigan (loviya, mosh, nuhat)lariga beradi xolos (bodring, pamidor, ko‘kat)larga bermaydi va yana hosil oz bo‘lsa ham ushr bermaydi, ya’ni nisob belgilab qo‘yganlar. Misol uchun, olgan asali yoki xosili 500kg ga etsa so‘ng ushur beradi, deydilar. Agar nisobga (500) etmasa, ushr bermaydilar. Bunda faqirlarga hech qanday nasiba tegmaydi. Imomi Azam (r.a.) mazhablarida esa har qanday ekinga ushr beradi, agar oz bo‘lsa ham. Albatta, fatvolari dalillarga asoslangan holda bo‘lgan, fikrlariga tayanib emas. Olloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Yurtimizda Imomi A’zam raximaxulloh mazhablariga ergashgan holda muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan faqirlarning va kam taminlangan oilalarning holidan habar olishlik maqsadida vaqf fondi tashkil etildi. Etimlarni va nogironligi bor oilalarning holidan xabar olishlik eng ustuvor vazifalardan etib belgilandi.  Hususan Shayx Muftiy hazratlari ramazon oyida “insof agentligi» degan nom bilan xalqimizga murojaat qildilar va bunga o‘zlari namuna bo‘lib yurtimizdagi etimlar va kam ta’minlangan oilalarning har biridan xabar oldilar va xayrli ish asnosida ko‘p insonlarning, jumladan, keksa otaxon va onaxonlarning xalqimiz haqqiga yig‘lab duo qilganlarini ko‘rib qattiq ta’sirlandilar. Albatta, ularning duolari bilan yurtda tinchlik va barakot bo‘ladi. Bu ajoyib voqelikdan Muhtaram yurtboshimizni habardor qilib, bunday xayrli ishlar millatga xos ekanligini ta’kid qildilar. Ayniksa, Muhtaram yurtboshimiz falastinlik yaqinlaridan va boshpanasidan ayrilgan, bemorligi bor insonlarni O‘zbekistonga olib kelib, ularni eng zamonaviy sihatgohlarda sog‘liklarini tiklashga bo‘lgan insonparvarlik tashabbuslari bilan butun dunyoga odamiylik va etimparvarlikning go‘zal namunasini amalda namoyon qildilar. Albatta, bunday oliy janob xayrli ishlar millatning, xalkning butun olamda hurmat -e’tiborga sazovor bo‘lishiga katta xizmat qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning etimlarga va faqirlarga nisbatan mehribonliklari barcha musulmonlar uchun ulkan ibratdir. U zot doimo muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularning qalblarini xursand qilishga intilganlar. Biz ham bu sunnatga amal qilib, muhtojlarga yordam berishda to‘xtamay harakat qilishimiz lozim bo‘ladi va bu xayrli amallarimiz bilan etimlarni duolarini olishga va Olloh taoloni rahmat va mag‘firatiga musharraf bo‘lamiz, inshaollox.

 

Mirzonazar XUSANOV

Islom o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi