NONNI ISROF KILMANG U RIZQ RO‘ZIMIZDIR.
130

Butun maxluqotlarni rizqlantirgan Olamlarning Robbisiga cheksiz xamdu sanolarimiz va suyukli payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallamga salovotlarimiz bardavom bo‘lsin.
Olloh taolo O‘zining kalomini ko‘p joyida xabar berdi. Xususan mana bu oyatida:
وَآيَةٌ لَّهُمُ الْأَرْضُ الْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَاهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ.
Ya’ni: O‘lik (quriq) er ular uchun (qayta tiriltirishga) bir alomatdir. Biz uni (suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) donlarni undirib chiqardik, bas ular undan emoqdalar: deb bayon qildi. (Yasin 33-oyat)
Subhanalloh, xech o‘ylab ko‘rganmizmi bir burda non uchun Olloh taoloni uch yuz oltmishta maxluqotlari farmonbardor bo‘lishini. Eng avval Olloh taoloni Rahmat konidan Mekoil alayhissalom suv olib chiqar ekan, so‘ngra bulutlar, quyosh va oy, osmondagi boshqa farishtalar, erda dehqonlar, oxiri esa nonvoylar xizmatda bo‘ladi. Demak Olloh taoloning shuncha mahluqotlari kechayu- kunduz biz uchun xizmatda turganda insof shartidan emaski xech tafakkur qilmay g‘aflatda nonni iste’mol qilishimiz.
Va yana Qur’oni karimning «Mo‘minun surasi»ning 51-oyatida:
كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا
Ya’ni: “Pok narsalardan englar va solix amallar kilinglar”, degan Olloh taoloni bandalariga qilgan xitobi bor.
Albatta mo‘min kishi Robbisi roziligini topmoqlik uchun solih amallarga mashg‘ul bo‘ladi va bu amallarni ado qilish asnosida taomga muxtoj bo‘ladi. Ma’lumki, insonni ozuqasining asosini bug‘doy mahsulotlaridan tayyorlangan pishiriqlar ayniqsa tandirlarda pishirilgan issiq nonlar sanaladi.
Non Olloh taoloni biz bandalarga bergan aziz ne’matlaridan biridir.
Bu borada Payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallamdan bir qancha hadislar rivoyat qilingan jumladan, mazkur hadisi sharifda Payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallam marhamat qildilarki:
قال عليه السلام » اكرموا الخبز فان الله اكرمه فمن اكرم الخبز اكرمه الله »
Ya’ni: “Albatta Olloh taolo nonni aziz qildi, bas sizlar xam qadrlanglar. Kimiki nonni qadrlasa o‘sha insonnni Olloh taolo ulug‘laydi” dedilar.
Va yana bir boshka hadisi sharifda Payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallam aytdilarki:
وقال عليه السلام » اللهم متعنا بالاسلام وبالخبز فلولا الخبز ما صمنا ولا صلينا ولا حجبنا ولا غزونا وارزقنا الخبز والحنطة
Ya’ni: “Ey Robbim bizni iymon va nonni lazzatidan rohatlantir dedilar. Nonsiz ro‘zaga, nomozga, hajga va boshqa ibodatlarga quvvat qaytadan bo‘ladi. Rosululloh Sollallohu Alayhi Vasallam Parvardigor bizga non va bug‘doyni rizq qilib ber”, deb duo qilib Olloh taolodan so‘rar edilar.
Va yana bir boshqa hadisi sharifda Payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallam aytdilarki::
وقال عليه السلام » اكرموا الخبز فان الله سخر له بركات السموات والارض والحديد والبقر وابن آدم ولا تسندوا
القصعة بالخبز فانه ما اهانه قوم الا ابتلاهم الله بالجوع »
Ya’ni: Nonni e’zozlanglar chunki unga Olloh taolo osmon, er va temir, chorva hayvonlari va odam bolalarining borakotlarini buysundirib qo‘ydi,, xargiz biror pichoq va boshqa narsani nonning ustiga qo‘ymang, kaysi bir xalk uni isrof qilsa Olloh taolo u qavmni ochlik bilan sinaydi: deb, marhamat qildilar .
Yana: Bir hadisi sharifda payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallam marxamat kildilarki ,
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم أكل من سقط المائدة عاش في سعة وعوفي في ولده وولد؛
Ya’ni: Kimiki dosturxondan to‘kilgan non ushog‘ini terib esa hayoti farovon bo‘ladi va farzand, nabiralari hech ham tanglik ko‘rmaydi deb marhamat qilingan.
Xulosa shuki, hadisi sharifda non emas uning ushoqlari to‘g‘risida so‘z bormoqda demak, inson hayotida nonning o‘rni beqiyos. Ming afsuski, ba’zi holatlarda xalqimizni to‘y bayramlarida oziq-ovqatlarni keragidan ziyoda qilishib nonlarni qotirib isrof bo‘layotganiga guvoh bo‘lamiz. Shunda beixtiyor ko‘z o‘ngimizga ba’zi yurtlarda inson zurriyoti bir burda nonga zor ochlikdan halok bo‘lib qirilib ketayotgani namoyon buladi.
Inson ne’matni borida qadriga etmaydi biz mo‘minlar bunday ayanchli voqelikdan oqilona saboq olmay beporvolik qilib, to‘qlikka sho‘xlik qilib eb- ichib qol qabilida ish tutadigan bo‘lsak, bu ulug‘ ne’matlarni zavol bo‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bas shunday ekan, qo‘limizdagi bor ne’matlarni qadriga etib shukur qilsak, albatta Olloh taolo ne’matlarini ziyoda va bardavom qiladi. So‘zimizga dalil qilib Olloh taoloni mana bu oyatida:
﴿ وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ ۖ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ﴾
(Yana uning): “Va Robbingiz (sizga): “Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir”, deb bildirgan(ini eslang)”. (Ibrohim 7-oyat)
Hikoya qilinishicha, bir faqir kishi Xotam toyni boyligini, saxovatni eshitib, bir burda non ilinjida Xotam toyni xonodoniga keladi va uni beixtyor uyining tomida bug‘doy koplayotganini ko‘radi, shunda u tomdan tushib erdan bir dona bug‘doyni tomga olib chiqadi buni ko‘rgan faqir meni Xotam toyning xaqqida eshitganlarim barchasi yolg‘on ekanda deb xech narsa so‘rolmay o‘ylanib turganda, Xotamtoy oldiga chaqirib bir qop bug‘doyni sadaqa qilib yuboradi. Bu voqeadan ta’sirlangan faqir kishi o‘ziga xulosa qiladi va faqirlikni sababi nematga shukur qilmaslik va isrofgarchilikda ekanini biladi va bu holatdan o‘ziga katta saboq oladi.
Nonning betini va ichini eb qolgan joyini qoldirishlik odobdan emas, ne’matni past sanashlik bo‘ladi. Bu holat insonni oilasini rizqini tang bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, rizqimizni tang kiluvchi illatlardan o‘zimizni va farzandlarimizni uzoq qilishimiz lozim bo‘lar ekan. Shunda rizq ro‘zimizda baraka bo‘ladi. Bu esa inson uchun farovon va osuda hayot garovidir.
Mirzonazar XUSANOV
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi
