TARIXIMIZDAN KELAJAGIMIZGA: MILLIY MEROS VA YOSHLARNING MA’NAVIY BARKAMOLLIGI
18

Bugun «Xoja Buxoriy»o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025–2026-o‘quv yili 1-kurs talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan sayohat (ekskursiya) tashkil etildi.
⏺Ekskursiya davomida talabalar Shahrisabiz shahridagi Oq Saroy majmuasi hamda boshqa qadimiy me’moriy obidalarni ziyorat qilishdi.
⏺Mazkur ekskursiya yoshlarimizning tarixiy merosimiz, buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqidagi bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


