QURON TILOVAT QILISHDAGI BID‘ATLARDAN SAQLANING!
34

Qiroat va din ulamolari albatta Qur‘oni karimni tilovat qilishda maxsus kayfiyatga va qoriga o‘z tilovatida shu kayfiyatga amal qilishligi shar‘an vojib ekaniga ittifoq qilishgan. O‘z qiroatida Alloh taolodan qo‘rqadigan qorilarga va’da qilingan ajr hosil bo‘lmog‘i uchun.
Bu kayfiyat Qur‘oni karim kalimalarining tajvidida, harflarini to‘g‘ri o‘qish, harflarning adosini go‘zal qilishda namoyon bo‘ladi. Bu kayfiyatni namoyon qilish tartil, itqon, ijoda qoidalarini mukammal qilib har bir harfni o‘z haqqini berish bilan hosil bo‘ladi. Bu qoidalar faqatgina har bir harfni o‘z asliy maxrajidan chiqarish va ma’ruf sifatlarini to‘liq qilib berish bilangina hosil bo‘ladi. Qur’on tilovatida shu qoidalarga rioya qilish musulmon qoriga lozim bo‘lgan ishdir.
Albatta Qur‘oni karim qalblarga sakiynat va hotirjamlikni to‘ldirishida va eshituvchi va o‘quvchu oldida hidoyat va rushd yo‘llarini ochishligida shak shubha yo‘qdir. Qur‘oni karim bilan nozil bo‘lgan va rosululloh sollollohu alayhi va sallam buyurgan kayfiyat ham mana shudir. Alloh taolo o‘z oyati karimasida marhamat qiliadi. (و رتل القرآن ترتيلا) ma’nosi: “Qur‘onni tartil bilan o‘qing” (Muzzamil-4).
Lekin ba’zi Qur‘on o‘quvchilari halol bo‘lmaydigan va joiz bo‘lmaydigan bir qancha ishlarni o‘z tilovatlarida paydo qilib olishgan. Chunki bu ishlar qiroatda vorid bo‘lgan chegaradan ziyoda yoki noqis qilish bilan bo‘ladi.
Shu bid’atlardan hisoblanadi:
- Harflarni ixfo qilishda ixfo chegarasidan o‘tib mubolag‘a qilish va natijada mad harfiga o‘hshatib qo‘yish yoki ixfo harfidan oldin kelgan sokina va tanvinning nunini g‘unna bilan izhor qilish.
- Ikki labni fathalangan yog‘on harflarni nutq qilish paytda tafximda mubolag‘a qilish uchun chuzish.
- Bir harfga sifatda yaqin bo‘lgan harfni sifatini berish.
- Mad harfida o‘z miqdoridan ziyoda qilib haddan oshish. Chunki “mad” harfining t o‘xtaladigan nihoyasi va undan oshirish joiz bo‘lmaydigan miqdori bor. Bu borasida qorilarning yo‘llari ma’lum va mansusdir (ya’ni bu borasida aniq hujjatlar mavjud).
- Musaqqal harfni taxfif qilib o‘qish. Misol: (الحج). Yoki buning aksini qilish ya’ni taxfif harfini musaqqal qilish. Misol: (بعاد)
- Vasl holatdagi “vav” harfini mad qilish kabi mad yo‘q joyda mad qilib o‘qish. Misol: (ملك يوم الدين). Chunki “vav” harfi o‘zidan oldingi narsa fatha bo‘lganda “liyn” harfi bo‘ladi “mad” harfi emas.
- Hamzani nabr qilishda mubolag‘a qilib yuborish
- Zammalangan harfni nutq qilish vaqtida ikki labni cho‘zmaslik. Chunki har bir zammalanga harf faqatgina ikki labni zamma qilib cho‘zish bilangina komil bo‘ladi va magaram bunday qilinmasa bu noqis zamma bo‘lib qoladi. Har bir harf faqatgina o‘z harakatini tamoman komil qilish bilangina to‘liq bo‘ladi. Agar harakat komil qilinmasa harf ham komil bo‘lmay qoladi.
- Kasralangan va fathalangan harflarda ham lablarni past tomonga qilmaslik va og‘izni ochmaslik harflarni komil bo‘lishiga to‘siq bo‘ladigan ishlardan hisoblanadi.
- Boshlanayotgan va to‘xtalayotgan harflarni to‘liq bayon qilinmasdan natijada bu holatdagi harf eshitilmay qolishligi ham bid’at va xatolardan hisoblanadi.
Har bir Qur‘on o‘quvchiga o‘z maqsadini (bida’tlardan saqlanib) Alloh taoloni kitobini muhofaza qilishligi vojibdir. Chunki Alloh taolo Hijr surasining 9 oyatida marhamat qilib aytadi: “Albatta biz Qur‘oni nozil qildik va biz o‘zimiz uni saqlovchidirmiz”.
Akbarxon ASQAROV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
