Bu ayolning otasi ham, bobosi ham, singlisi ham, eru o’g’li ham sahoba hisoblangan ayol edi. Rivoyatlarga qaraganda, Asmo islomga o’n sakkizinchi bo’lib kirgan. Bu ayolga Alloh nasib qilgan ikki sifat yer yuzidagi barcha narsalardan afzalroqdir. U sifatlarning biri Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq bilan Makkadan Madinaga hijrat qilishganda yo’lga ozuqa tayyorlab haltalarni og’zini bog’lashga narsa topolmay belbog’larini yoki ayrimlar aytishadi ro’mollarini olib o’rtasidan yirtib ikkiga bo’ladilarda halta va meshning og’zini mahkamlaydilar. Shu ishlari tufaylik “Ikki belbog’ sohibasi” nomini olganlar. Ikkinchi sifatlari Madinada eng birinchi tug’ilgan musulmon bola Abdulloh ibn Zubayrning onalari ekanliklari sharaflikda kifoya qiladi.

Zubayr ibn Avom xotinlari Asmoni shunchalar rashk qilardilarki hatto u mingan tuyani sotmay so’yib yuborardilar. Sababi, ayollari Asmo mingan ulovni boshqa birob minishini istamas edilar.

Ta’rixchi olimlar: “Asmo yuz yil umr ko’rdiyu lekin biror dona tishi tushmadi, aqli joyida edi”, deyishgan. Asmo roziyallohu anho muhojirlar (Makkadan Madinaga ko’chib kelgan sahobalar)ning eng oxiri vafot etganlaridan hisoblanadilar.

Anasxon TURDIBAYEV

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi