ABDULLOH IBN UMAR ROZIYALLOHU ANHU

42

Ibn Umar nomi bilan mashxur bo’lgan kichik sahoba, nomi butun olamga taralgan Umar ibn Xattob va Zaynab binti Maz’unlarning o’qillari Abdulloh ibn Umar yoshlik chog’larida musulmon bo’lgan. Otasi bilan Makkadan Madinaga hijrat qilganlarida hali balog’at yoshiga yetmagan edilar. Kichiklik chog’laridanoq Rosululloh sollollohu alayhi vasallamga tashqi va ichki qiyofada o’xshashga urinar edilar. Xususan, Makkadan Madinaga yoki Madinadan Makkaga safar qiladigan bo’lsalar payg’ambarimiz alayhissalom qayerdan qay tartibda yurgan bo’lsalar huddi shunday yurib safar qilar edilar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning fazilatlari:

  • Sai’d ibn Musayyib: “Kim jannat ahliga qaramoqchi bo’lsa, Ibn Umarga qarasin”, der edilar.
  • Baqara surasini yodlab bo’lib bir qo’y so’yganlar.
  • Har bir namozga yangi tahorat olar edilar.
  • Juda taqvodor bo’lganlar. Bunga yaqqol bir misol qullani Nofe’ga bir kishi yuz ming dirham beraman, deganda ayni shu haridorni guvoh qilib Nofe’ni Alloh uchun ozod qilganlar.
  • Rumayso ismli cho’rilar bor edi. Bir kuni unga mana bu ma’nodagi gapni aytganlar: “Sen ahlim ichida eng suyukli, xizmati yaxshi xodimasan, seni Alloh yo’lida ozod qildim”, deganlar.
  • Taomni mehmonsiz yemasliklari.
  • Hadya qilib beriladigan pullarni o’sha kunni o’zidayoq berib yuborar edilar.

Xulosa qilib aytganda, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu o’zlariga nima yoqadigan bo’lsa ayni shulardan voz kechar edilar. Sababi bitta edi ya’ni “O’zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha hargiz yaxshilikka erisha olmassiz” oyatiga amal qilganlari edi xolos. Alloh taolo bizlarga ham sahobalarga bergan himmat va oliyjanoblikni bersin!

Anasxon TURDIBAYEV

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi