Alloh taolo bandalariga buyurgan ibodatlariga bir nazar solinadigan bo’lsa, amaliy ibodatlarda insonni sog’lomligi uchun ham foyda borligini his qilinadi. Bu hozirgi meditsina rivojlangan davrsa hech kimga sir emas. Ibodatni ikkinchi turi, moliyaviy ibodat. Moliyaviy ibodatni bajarishda kishini Robbisiga bo’yunsinish, itoatkorlik sifatlari rivojlanadi. Lekin biz mo’min musulmonlar har ikkala ibodatni ham Robbimiz buyurgani uchun qilamiz, ortidagi jismoniy va ruhiy manfaatlari o’z-o’zidan hosil bo’laveradi.

Bu oy muborak ramazon oyi. Shu sababdan ro’za borasida ozroq qalam tebrataylik. Ro’za so’zi lug’atda bir muddat o’zini tiyib turish, degani. Ushbu ta’rifdan avvalgi ummatlarni ayrimida ro’za gapirishdan tiyilib turish bo’lgan bo’lsa, ayrimlarda maxsus taomni yemaslik ham ro’za hisoblangan. Oxirgi ummat, ummati Muhammadiyyada esa mutlaq yeb-ichish va er-xotinchilik aloqasidan o’zini tiyishga ro’za deyiladi. Hozir ro’za mavsumi bo’lganligi uchun ro’zaning aytim fazilatlarini yodga olaylik:

  1. Ro’zador kun bo’yi chanqoq yurgani uchun Alloh taolo shuni muqobilida uni “Rayyon” ya’ni chanqoq bosiladigan, chanqalmaydigan eshikdan jannatga kirish bilan mukofotlaydi.
  2. Insonni qanchalar yeb-ichishga muhtojligini ko’rsatadi.
  3. Ayrim qattiq taomlar inson ichaklarini yallig’lantirib qo’yar ekan. Bu dard esa kamida o’n to’rt soat taomlanilmasa, organizm o’zini o’zi davolar ekan. Demak, biz ro’za tutib ham jismoniy ham ruhiy foyda olar ekanmiz.
  4. Ro’zadorga ikkita hursandchilik bo’ladi: biri o’g’zini ochganda bo’lsa, ikkinchisi Robbisiga yo’liqqanda bo’ladi.

Shu va bundan boshqa ro’zani ko’plab fazilatu-afzalliklari mavjud. Alloh taolo O’zi Ramazoni sharifda barchamizga kuch-quvvat bersin!

Anasxon TURDIBAYEV

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi