BIR HADIS SHARHI
30

عَنْ عائشة قالت : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : » السِوَاكُ مَطْهَرَةٌ لِلفَمِ مَرْضاةٌ لِلرَّبِّ « .
رواه الشافعي وأحمد والدارمي والنسائي
Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Onamiz: Rosululloh sollollohu alayhi vasallam aytadilar: “Misvok(ishlatish) og’izni poklaydi, Robni rozi qiladi”, dedilar. Bu hadisni Imom Shofe’iy, Ahmad, Dorimiy va Nasoiylar rivoyat qilishgan.
Yuqorida tarjima qilingan hadisni Imom Tabriziy “Mushkotul masobih” asarlarining “Poklik kitobi”da keltirganlar.
Misvok deb tarjima qilgan narsamiz “Arok” nomlik daraxtdan olinib tish tozalashda, tishni hushbo’ylashda ishlatilgan. Hozirgi kunda bozorlarda va kitob do’konlarda sotiladi. Uni ishlarish tartibi borasida ishlatishdan avval namlab, yumshatib olib past tishdan yuqori tishga ishqab harakatlantirish orqali ishlarish tavsiya qilinadi. Hozirgi kunda tish chotkalari ham ishlatiladi. Buningdek tish chorkalarni shubhasizini olib, tish pastani ham pokiza tayyorlanganidan ishlatsa va tish tozalashda sunnatga ergashishni maqsad qilsa insha Alloh sunnatga ergashganlik savobini oladi.
Misvok ishlatib o’qilgan namoz ishlatmasdan o’qilgan namozdan yettimish barobar afzal hisoblanadi. Zayd ibn Xolid: “Nabiy sollollohu alayhi vasallamning misvok ishlatish haqidagi hadislarini eshitganimdan berin namoz o’qiydigan bo’lsam misvokimni olib ishlarib qulog’imga o’rnashtirib olardim”, deganlar.
Anasxon TURDIBAEV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi
