INSON HUQUQLARINI TA’MINLAGAN DIN
15

Islom-tinchlik dinidir. Shu bilan birga Alloh taolo musulmonlarni bir-birining holidan, bor-yo’g’idan xabar olishga targ’ib qilgan va bu ammallari evaziga savoblar ta’yin qilib qo’ygandir. Jamiyatni isloh qilishda undagi shaxsiyatlarni o’zaro bog’liqligi, bir-birini ko’magi tufayli og’iri yengil bo’ladigan yagona din u Islom dini hisoblanadi. Misol uchun Alloh taolo kishini avvalo ota-onasiga, oila a’zolariga, qolaversa yaqin-u uzoq qarndoshlarini holidan xabar olib, ularga qo’lidan kelganicha yaxshilik qilishga buyuradi. Ayollarni huquqlari ham da’vo qilinishidan avval ta’minlab qo’yilgan. Ayrim ayollar ko’chaga eri bo’la turib ko’chaga chiqib ishlashni hohlab qoladi. Bu hodisaga tashqaridan qaraganda u ayol huddiki erki qo’lida, hotirjam hohlagan ishini qiladi, degan fikr zehnga keladi. Lekin haqiqat aksincha bo’ladi. U ayol ko’chaga chiqib qiynalib kimlargadir xizmat qilgani evaziga pul oladi. Uyida o’tirib bola-chaqasini tarbiyalab o’tirishi osonmi, yoki issiq yoki sovuq kunlarda ko’chaga chiqib pul ishlash payida bo’lishi osonmi. Ayrim ishlashni uyda o’tirishdan ustun qo’yinb ishlab ko’rgan ayollar keyinchalik qiyinchilikni his qilganidan keyin uyda o’tirib fazrand tarbiya qilish qanchalik oson va mas’uliyatlik vazifa ekanini e’tirof qilganligini ham eshitganmiz. Lekin bu gaplar ichidan oilaviy sharoiti ishlashni taqozo qilgan ayollatni mustasno qilinadi.
Shariat joriy qilgan vositalarni yana biri silai rahm qilish. Silai rahm qilishni Alloh taolo rizq barakali, umr uzoq bo’lishiga bog’lab qo’ygan. Agar haqiqatda biz musulmonlar qarndoshlar bilan bordi keldini uzmasdan, doim bir-birimizni holimizdan xabar olib ziyoratlar uyushtirib tursak o’rtada mehr-muhabbat rishrasi mustahkamlanadi, katta muammalar ham osonlik bilan bartaraf qilinadi.
Navbatdagi aloqa sabablari butun jamiyatdagi musulmonlarga tegishli amallar. U o’zbek bo’ladimi qirg’iz bo’ladimi yoki umuman tili-yu surati qanday bo’lishidan qat’iy nazar musulmon bo’lsa qolgan musulmonlarni ustida Hadisi sharifda kelganidek beshta haqqi bo’ladi:
- Salomga alik olish
- Aks urganga sog’liq tilamoq
- Taklif (to’y yoki biror yig’inga bo’lgan chaqiriq)ni qabul qilish
- Kasal bo’lsa ko’rgani borish
- Vafot etsa janozasiga boorish
Mana shu beshta sanalgan haq musulmonlarni yaxshi-yu yomon kunida birga bo’lishni aks etttiradigan buyruqlardan hisoblanadi.
Bu va bunga o’xshash musulmonlarni birdamlikka chorlaydigan yana bir necha ijtimoiy muomalalar mavjud. Alloh bizlarni yaqinlarimizga va qolaversa jamiki inson zotiga yaxshilik qilib savob oladigan bandalaridan qilsin!
Anasxon TURDIBAYEV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi
