ASLING KABI KO’RIN YOKI KO’RINGANING KABI BO’L

266

Bu maqolani madrasada o’qib yurgan kezlarimizda muhtaram ustozimiz Abdulboqiy domla juda ko’p ta’yinlar edilar. U nasihat quyigadi qisqa iboralardan iborat bo’lgan “Asling kabi ko’rin yoki ko’ringaning kabi bo’l” degan so’z edi. Musulmoning shioridan biri bo’lishga loyiq bo’lgan qoida. Biz maqsadga kirishishdan avval biz shior qilib olgan so’zni sababchisi sahoba Abu Molik Ash’ariy bilan qisqacha bo’lsada tanishib chiqaylik:

Abu Molik Ash’ariyning ismlari Ka’b ibn Osim Ash’ariy bo’lgan.  Ash’ariy laqabi arabchadagi “أشْعَرُ” ya’ni tukliroq, ser tuk degan so’zdan kelib chiqqan bo’lib, Yamandagi Ash’ar qabilasiga xosdir. Bu qabilani “Ash’ariy”lar deyilishi Ibn Adud ismlik shaxsga borib taqaladi. Ibn Adudni onasi dunyoga keltirganda tanasini tuk qoplagan holatda dunyoga keladi. Shu inson sababidan “Ash’ariy” nisbati kelib chiqqan.

Abu Molik Ash’ariy Yamandan kemada kelib musulmon bo’lganlari uchun kema sohiblaridan, deyiladi. Rosululloh sollollohu alayhi vasallamdan jami bo’lib 27 ta hadis rivoyat qilganlar. Ulardan biri “Poklik iymonning yarmidir” hadisi.

Abu Molik Ash’ariy Rosuli akram sollollohu alayhi vasallamdan: “Eng afzal yaxshilik nima”, deb so’raganlarida U zot: “Tashingda amal qilganing kabi ichingda ham shunday amal qilishing”, dedilar. Ya’ni insonlarni oldida o’zingni qanday tutsang, yolg’iz qolgan holingda ham shunday bo’lgin, mana shu yaxshilikning eng afzali hisoblanadi, degan ma’noda. Nabiy sollollohu alayhi vasallamning odatlari savol so’ragan kishini holatini, zakovati va salohiyatini hisobga olib javob berar edilar. Demak savolga Payg’ambarimiz bergan javoblaridan Abu Molik Ash’ariyning bunday vazifaga tayyor ekanliklarini, u zotning fazilatlarini birgina shu misolda ko’rishimiz mumkin. Alloh taolo barcha sahobalardan O’zi rozi bo’lsin.

Bugungi kunimizga bir nazar tashlaydigan bo’lsak, bazan o’zimiz ham yuqoridagi nabaviy nasihatga ko’la to’kis amal qilaolmay qolamiz. Biror bir ko’nglimiz xushlamagan insonni ko’rsak oldida boshqacha gapirib, ayrilgandan so’ng esa ichimizdagi asl xulqimizni, aytgan so’zimizni aksini chiqarib qolamiz. Demak bu to’g’ri emas ekan. Yoki boshqa bir misol keltiradigan bo’lsak: yor-birodarlarimizning oldida telefonimizda yaxshi narsalarni ko’rib, hammani ko’ziga yaxshi, taqvoli musulmon holida ko’rinib, kechasi yolg’iz qolganda asl kir tabiatlik xulqni yuzaga chiqarib telefonda bemani narsalarni ko’rish ham bunga yaqqol bir misol bo’laoladi.

“Asling kabi ko’rin yoki ko’ringaning kabi bo’l”degan so’z, hammani oldida nomaqbul ishlarni ochiqchasiga qilaver, degani emas. Aksincha, har bir insonni, har bir zamon va makonni rioya qilinishi kerak bo’lgan odobi bor, degani. Yanada soddaroq qilib aytadigan bo’lsak, avvalo o’zingni isloh qil. So’ngra jamiyat oldida ko’ringaning kabi bo’l, degani. Qisqa so’zlar, lekin katta jasorat talab qiladigan shior hisoblanadi. Parvardigor hammamizga haqni haqdeb, nohaqni nohaqdeb bilishga muvaffaq qilsin!!!

 

Anasxon TURDIBOYEV

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi