ISLOMIY AXLOQ VA ZAMONAVIY DUNYO: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

129

Bugungi kunda zamonaviy dunyo oldida ko‘plab axloqiy muammolar mavjud. Shaxsparastlik dunyoparastlik va axloqiy buzilishlar insoniyatni ruhiy inqirozga olib kelmoqda. Bu muammolarni hal qilish uchun Islomiy axloqiy qadriyatlar mukammal yechim taklif qiladi. Alloh taolo Qur’oni karimda axloqiy va ijtimoiy muvozanatni saqlashga alohida e’tibor qaratgan.

Alloh taolo fasod haqida shunday deydi:

«Qachonki ularga; Yer yuzida fasod qilmanglar deyilsa ular; biz faqat isloh qiluvchilarmiz — deydilar. Ogoh bo’ling Ular, albatta, fasod qiluvchilardir, lekin buni anglamaydilar.?» (Baqara, 11-12).

Fasod – bu axloqiy tanazzul va adolatsizlikning ildizidir. Islom fasodga qarshi kurashni insoniyatni ruhiy va ijtimoiy yuksaltirishning asosiy sharti deb hisoblaydi.

Rasululloh (s.a.v.) aytadilar:

«Sizlardan biringiz bir yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li bilan to‘xtatsin. Agar bunga qodir bo‘lmasa, tili bilan, bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan yomon ko‘rsin. Ammo bu iymonning eng zaif holatidir.» (Muslim).

Ushbu hadis zamonaviy muammolarga qarshi kurashishda faol harakat qilish zarurligini ko‘rsatadi. Masalan, korrupsiya va axloqiy buzilishlarni adolat tamoyillarini targ‘ib qilish orqali kamaytirish mumkin.

Zamonaviy dunyoda muhim bo‘lgan yana bir masala – oilaviy ziddiyatlar. Islomda oila mustahkamligi axloqiy qadriyatlarga asoslangan. Qur’onda shunday deyiladi:

«Va ular ila yaxshilikda yashang!» (Niso, 19).

Bu oyat oilada mehr-oqibat va hurmatni asosiy tamoyil sifatida ko‘rsatadi.

Islomiy axloq zamonaviy dunyoda duch kelinayotgan axloqiy muammolarni hal qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Qur’on va hadislar asosidagi tamoyillarni hayotga tatbiq etish orqali insoniyat o‘z oldida turgan ko‘plab muammolarni yengib o‘tishi mumkin.

 

 Tursunpulatov Azizbek

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom talim muassasasi o’qtuvchisi