YETUK OLIM BO’LISH SIRI!
21

Ilm so’zi arabcha so’z bo’lib, unga turlicha ta’rif berilgan. Xossatan Mulla Ali Qori “Mirqotul mafotih”ning “Ilm kitobi”da ilmga shunday ta’rif berganlar: “Ilm u, mo’minning qalbidagi nur bo’lib, u nurni nubuvvat tokchasidagi chiroqlardan olinadi. Alloh taolo u ilm ila O’z ismu sifatlari, hukmlariga yo’llab qo’yadi. Agar ilm inson vositasi bilan bo’lsa, u “kasbiy” bo’ladi. Inson omilisiz bo’lsa “laduniy” ilm bo’ladi.
Dengizda cho’kmay, sog’ salomat qirg’oqqa yetib olish uchun suvga tushishdan avval uni ilmini bilib, shartlariga amal qilish kerak. Huddi shuningdek, ilm olishni ham o’ziga yarasha shartlari bor. Imom Sha’biy: “Ilmga zakovat va ibodat bilan yetiladi…”, deganlar. Ya’ni yetuk olim bo’lish uzun zakovat (ziyraklik) va uni oldida, unga chambarchas bog’liq bo’lgan amali ham bo’lishi kerak.
Navbatdagi tavsiya o’rnida ulamolarimiz Buxoriydan so’ralgan savolni keltirishadi. Imom Buxoriy rohmatullohi alayhidan: “Yodlash qobiliyatiga biror dori bormi?” deb so’ralganda Muhammad ibn Ismoil: “Bilmayman, dedi va so’rovchiga qarab: Yodlash uchun kishiga ilmga chanqoqlik va doimiy izlanishdan ko’ra manfaatliroq narsani bilmayman”, dedi. Demak, o’rganayotgan ilmga qattiq qiziqish ham insonni shu ilm borasida yetuk shaxs bo’lishiga sabab bo’lar ekan.
Ulamolarimiz ilmga yetishish siri bobida uni ehtirom qilishni ham ta’kidlab aytishgan. Misol uchun bokschilar ham ringga ko’tarilganidan keyin, o’zi shug’illanadigan sportini ehtirom qilib har tomonga salom beradilar. Shuningdek sportchilar mashoyixlarimiz aytishgan gaplariga binoan bu odatni yo’lga qo’yishgan bo’lsa kerak. Ayni ilmni ehtirom qilish ham ilm olish sirlaridan biri hisoblanadi.
Ilmning egasi Robbul olamin ekan, o’zidan dinida faqih qilishini, foydali ilm berishini, unga amal qilishini, ilm sababidan har bir ishini ilm taqozosiga ko’ra bajarishini va qolaversa xalqiga ham foydasi tegadidan olimlardan qilishini so’rash kerak!
Turdibayev Anasxon
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
