Tilovatning uch xil darajasi bor: taxqiq, tadvir va xadr.

Birinchi daraja taxqiqdir. Uning lug’aviy ma’nosi bir narsaning haqiqatiga yetmoq demakdir. Istilohda esa sekin  va hotirjam qiroat bilan har bir harfning haqqini berib ularni o’zining maxrajidan chiqarib qiroat qilishdir. Ta’lim berishda aynan shu tezlikdan foydalanish yaxshi sanaladi.

Ikkinchi daraja tadvirdir. U lug’atda aylanish ma’nosidadir. U  taxqiq va xadr darajalarini o’rtasidagi darajadir.

Uchinchi daraja Xadrdir.  U lug’atda tez mo’nosidadir. U istilohda esa tajvidning hukmlariga amal qilgan holatda tez tilovat qilishdir.

Hafsa onamizdan kelgan hadis orqali tilovat darajalari jumlasiga dalil olishimiz mumkin albatta Hafsa onamiz “men Rosululloh nafl nomozlarini utirib o’qiganlarini ko’rmadim toki vafotlaridan oldingi yilgacha. Vafotlaridan bir yil oldin utirib nomoz o’qir edilar va bir kichik sura o’qir edilar va tartil bilan o’qir edilar toki kichik suralarini tartil qilishlik vaqtlari uzun sura o’qishlik vaqtlaridan uzunroq bo’lar edi.

Ba’zi tajvid ulomolari tajvid darajalarini to’rttaligiga ittifoq qilishgan. Ular tartil, taxqiq, tadvir va xadrdir. Va tartilni xadr kabi deyishdi. Lekin taxqiq tartildan ko’ra sekinroq qiroat qilinadi va tartil esa 3 darajani ham o’z ichiga oladi deb bildirishdi.

Tartil esa lug’atda dona-dona qilib o’qimoq degan ma’nodadir. Qur’on ham tartil darajasiga ko’ra nozil bo’ldi va Tartil Qur’onni tadabbur qilish va tafakkur qilishlik uchundir. Kim shu to’rt martabadan birida o’qisa bas Alloh taoloning “Qur’onni tartil bilan tilovat qiling” degan oyatiga rioya qilgan bo’ladi.

Ibn Jazariy rohimahulloh O’zlarining Tiyba kitoblarida aytadilarki:

Qur’on taxqiq, xadr va tadvir bilan o’qiladi. Xar biriga ergashiladi. Go’zal ovoz, arabiy ohang, tartil, tajvid bilan arabiy qilib o’qiladi.

To’g’ri gap esa albatta taxqiq tartilning navlaridan biridir bas taxqiq tartilning ichiga kiruvchidir.

Akbar ASQAROV

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi