Ilmda isrof

17

“Isrof” Odam bolasi haddidan oshgan har hususni qamrovchi keng manoni ifoda etadi. Shunga ko’ra bandaning qaysi xususda bo’lishidan qat’i nazar, Alloh qo’ygan ilohiy chegaralardan tashqariga chiqishi, ya’ni ne’matlarni behuda sarflab zoe qilishi ham isrof sanaladi.

Robbimiz bandalariga ato etgan barcha ne’matlari Uning cheksiz marhamatidir. Bu ilohiy ne’matlar badalarga hech qanday evazsiz, beminnat tortiq etilgan. Alloh taolo oyati karimada:

وَسَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا مِّنْهُۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لاَءَايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

Ma’nosi: Va sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni—hammasini O‘z tomonidan bo‘ysundirib qo‘ydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-bеlgilar bordir.

[Josiya surasi 13-oyat]

Biroq bu  “ne’matlardan hech qanday chek-chegarasiz, xohlagandek pala-partish   foydalanish  mumkin” degan ma’noni bildirmaydi .

Isrofni faqatgina “mol-mulkni sovurish”deb tushunmaslik kerak. Chunki u hayotning barcha bosqichlari bilan bog’liq. Bilishimiz lozimki, umrni behuda o’tkazish isrof, befoyda ilm bilan mashg’ul bo’lish va ilmni o’z manfaatlariga vosita qilib olish orqali noto’g’ri o’rinlarda foydalanish ham kata isrof.

Ilmning eng afzali ma’rifatullohdir, ya’ni Alloh taoloni qalban taniyolishdir. Imtihon darsxonasi bo’lgan foniy dunyoda bandani anashu natijaga olib chiqmaydigan, hikmatga yetkaza olmaydigan va uni qalban Allohga vosil qilmaydigan barcha ilmiy faoliyatlar insonning tabiatidagi bilishga bo’lgan xohishning isrofini tashkil etadi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  “Nabiy sollollohu alayhi vasallam tahorat qilayotgan Sa’d roziyallohu anhuning oldidan o’tdilar va: “Bu qanday isrofgarchilik?!” dedilar. Shunda Sa’d roziyallohu anhu: “Tahoratdaham isrof bo’ladimi?” dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasasallam: “Ha, Garchi oqar daryo oldida bo’lsangizham, isrof bo’ladi!” dedilar” (Imom Ahmad rivoyati).

Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam Sa’d roziyallohu anhuga belgilangan chegaradan o’tgan har qanday narsa u isrof ikanini ta’lim berdilar hatto u ibodat bo’lsaham. Ilmham ibodatlarning eng buyuklaridan hisoblanadi demak  o’z urnidan olinmay o’z joyiga sariflanmagan ilmham isrof bo’lar ekan. Ilmdagi isroflardan yana biri ilm sohibi bo’lgan harbir kishi avvalo, olgan ilmiga amal qilishi va uni boshqalargaham o’rgatishi ilm egasining zimmasidagi vazifasidir. Aks holda, amal qilinmagan va o’zgalarga o’rgatimagan ilm isrof hisoblanadi va buning oxiratdagi javobiham og’ir bo’ladi.

Alloh taola bergan har bir ne’matini qadrlab, shukrini ado etuvchi insonardan bo’lishimizni nasib aylasin! Isrof va shunga o’xshagan nojoiz illatlardan O’z panohida asrasin!.

Xolmurodov Hamidulloh
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi axborot kutubxona markazi boshlig’i