“QUR’ONNI KARIMDA YER”
339

بسم الله الرحمن الرحيم
Bizlarga yerni, osmonlarni, butun borliqdagi mavjudotlarni bo’ysindirib qo’ygan Allohga hamdu sanolar bo’lsin. Buni Bizlarga ta’limini o’rgatgatgan Rosulimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga durudu salovotlar bo’lsin.
Olamni yaratilishi haqida olimlarni fikri: Olamning yaratilishini astrofiziklar ko’pchilikka ma’lum va mashhur – “Ulkan Portlash” hodisasi orqali tushuntirishadi. Astronomlar hamda astrofiziklar tomonidan o’nlab yillar davomida to’plangan kuzatish ishlari va tajribalardan olingan natijalar ham shunga dalolat qilmoqda. “Ulkan Portlash” hodisasiga ko’ra, butun olam dastlab ulkan massa (Birlamchi Tumanlik) bo’lgan. Keyinchalik, “Ulkan Portlash” (Ikkilamchi Ajralish) sodir bo’lgan, natijada Galaktikalar yuzaga kelgan. Bular keyinroq yana bo’linib, yulduzlar, planetalar, quyosh, oy va hokazolar paydo bo’lgan deb aytgan gaplarga ham odamlar o’rganib qolgan nima bo’lganda Butun borliqni yo’qdan bor qilgan Alloh taolodir, tepadagi gaplar shunchaki taxminlar xolos, bizni asosiy ishonchli manbamiz bu Qur’on Karimdir. Unda Alloh osmonlaru yerni yo’qdan bor qilganligi haqida oyatlar bor. In sha Alloh boshqa maqolada bu haqida batafsil aytamiz hozir esa o’zimizni mavzu yer haqida bazi ma’lumotlarni berishga harakat qilamiz.
Alloh taolo Qur’oni Karimda yerni, osmonlarni, yulduzlarni va butun borliqni inson zotiga bo’yinsindirib qo’ygan zotdir.
Ibrohim surasi 32 oyatda aytadiki: “Alloh osmonlaru yerni yaratgan, osmondan suvlar tushurib, va u ila mevalarni sizga rizq qilib chiqargan, o’z amri ila dengizda suzmog’ingiz uchun kemalarni kemalarni sizga bo’ysindirib qo’ygan zotdir” deb marhamat qilgan. Dunyodagi butun hayvonlar, o’simliklar, tog’lar, dengizlar va bunun borliq inson uchundir. Hayvonlardan go’sht, sut va jun va boshqa narsalarni hayotiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi. O’simliklardan turli xil maqsadlarda foydalanish mumkin dori darmon bo’lsin yegulik maqsadida bo’lsin, o’simliklarsiz hayotni o’tkazish juda qiyin. Tog’, dengizlarni ham inson uchun o’z vazifalari bor. Bularning barchasi albatta yer yuzida joylashgan. Shubhasiz jannatda bundan ziyoda narsalar bor biz shu yer haqida gaplashamiz.
Alloh Qur’onda yerni turli xil oyatlar bilan ta’riflaydi. Masalan bir oyatda beshikdek qimirlab turadi desa boshqa oyatda tuxum shaklida deydi boshqa bir oyatda esa yerni tekis deydi. Xo’sh nega bu oyatlar turli xil?
Bularning barchasi bir birini to’ldirib turadi. Bu haqda quyida batafsil bayon qilamiz.
Yerning biz maketlarda ko’rib o’rganib qolgan to’pdak dumaloq deb ta’riflaymiz. Aslida esa yer tuxumga o’xshashligi haqida Nazia’t surasi o’ttizinchi oyatda shunday deydi. “Va undan so’ng yerni tuxum shaklida qildi” Albatta bu oyat yerning aynan tuxum shaklida ekanligini ochiq oydin bayon qilib bermoqda. Bu borada o’rta asrlarda yashagan olimlar yerni dumaloq emas balki tuxum shaklida ekanligini o’z asarlarida aytib o’tdgan. Qur’oni Karim esa XIV asr oldin aniq va ravshan bayon qilib bergan bu ham bir mo’jiza desak hech kim rad qilmaydi.
Yerning beshikdek bo’lish haqida
Qur’oni Karimning Naba’ surasi oltinchi oyatida “Yerni beshikdek moslab qo’ymadikmi” deb marhamat qildadi.
Butun koinotda sayyoralar judayam ko’p shular ichida yer o’zining ulug’ jihatlari bilan ajralib turadi chunki unda hayot bor hayot uchun zaruriy narsanlar bo’lmasa uni hayot deb atab bo’lmaydi. Shuningdek beshik ham hayotning bir bo’lagi. Buni misolini g’odaklarda ko’rsak bo’ladi, go’daklar unda shunchalik orom bilan dam oladiki, undan boshqa joyda bunday rohatni topish qiyin , xuddi shunday Alloh taolo yerni beshikdek ya’ni butun maxluqotlar tinch yashashligi uchun terbalib turadigan qilib qo’ygan. Bizga qimirlamaydigandek ko’ringan yer aslida kecha va kunduz harakatda, agar harakat qilmasa kecha va kunduz qayerdan bo’lardi albatta Alloh taolo buni o’lchovini bitib qo’ygandir.
Tekis ko’rpa misoli
U sizlarga erni to’shab, osmonni bino qilgan va osmondan suv tushirib, u bilan sizlarga mevalarni rizq qilib chiqargan zotdir.
Mavjudotlar yerda tekis yurishi unda tinch yashashlari uchun yerni ko’rpadek tekis qilib qo’ygandir yer yuzasi kattaligi uchun tekis ko’rinadi bu ham Qur’onning mo’jazalaridandir. Yana osmondan suv ya’ni yomg’ir, qor yog’dirib u sababli yerda turli ko’katlar, daraxtlar va o’simliklarni o’sdirib qo’ygan va u orqali mevalarni bizga rizq qilib qo’ygandir bunda tafakkur qilish uchun juda ko’p narsalar bor faqat uni ilmini o’rganib chiqish lozim bo’ladi.
Alloh taolo insonlar uchun shuncha mo’jazalarni yaratib ularni rizqlantirib turadi inlon esa bunga rozi bo’lmaydi. Alloh harom qilgan qonlarni to’kib yer yuzida buzg’unchilik qiladi aslida Alloh yer yuzini obod qilish unda oxiratga zaxira qilish uchun bir qarorgoh qilib?qo’ygan buni inson zori qachon tushunib yetadi,? Qachon buzg’unchilikni fisq fujurni to’xtatadi,? qachon butun xalqlarni yo’q qilish uchun sarflagan milliardlab pullarni insonlarni hayotini qurol yasashga sarflashdan to’xtatib yerni obot qilish uchun harakat qiladi? Bitta bomba bilan butun xalqlarni yo’q qilib yubormoqda, yer yuzida qilinmagan buzg’unchilik qolmadi, albatta qiyomat kuni yer bu haqida Allohga bandaning zarariga huvohlik beradi, hadisda keladiki, “u har bir qul va cho’rining zarariga o’zining ustida qilgan amaliga guvohlik beradi” deydi. Qanaqa ish savob bo’lsin gunoh bo’lsin shu yer ustida qiladi. Insonlar Buni javobini albatta beradi, bu haqida zalzala surasida mufassal bayon qilingan ya’ni “Bas kim zarra misqolicha yaxshilik qilsa ko’ radi, va kim zarra misqolicha yomonlik qilsa ko’radi” (zalzala 7 8 oyatlari) bundan ko’rinib turibdiki hech kimni amali yaxshi bo’lsin yomon bo’lsin e’tiborsiz qolmaydi, yaxshi bo’lsa mukofoti yomon bo’lsa azobini tortadi.
Alloh taolo bizlarni solih amal qilib mukofot oladigan o’zining roziligiga yetadigan muxlis bandalaridan qilsin. Va Qur’onda maqtab zikir qilgan sifatlar bilan sifatlanishni nasib qilsin.
Muhammadqodir SHOPO’LATOV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi talabasi
«Yosh ilmiy tadqiqodchi» a’zosi.
