21 – oktyabr bu taiximizda o’chmas iz qoldirgan kun, bu kunda butun yer yuzida hamma milliy tillar qatori bizning O’zbekistonda ham o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ona tilimiz – millatimiz ruhi. U bizning borliq va boyligimiz. U ko‘nglimiz mulki, davlatimiz ulug‘ timsolidir. Bundan qariyb 35 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan. Buyuk allomalar, xususan, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tilining nufuzi, ahamiyati va qadri nafaqat Vatanimizda, balki xalqaro miqyosda kun sayin oshib bormoqda.

1989 yilning 21 oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Til butun xalqlarni bir biri bilan aloqa bo’lib ular bilan axborot almashish, iqtisod, siyosat, madaniyat va boshqa qancha qancha xalqaro tashkilotlarni bir biri bilan bog’lab turuvchi muhim omildir. Bu qatorda bizning ona tilimiz o’zbek tilini bo’lishi biz uchun juda katta faxrdir.

Shu qatorda bobolarimizni til haqida aytgan bazi maqollarini aytib o’tish kerakki bu bilan tilimizga nisbatan muhabbat yana oshadi.

Til haqida maqollar. Til – bu insoniyatning eng asosiy kommunikatsiya vositasidir. U nafaqat odamlar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi, balki madaniyat, tarix va identifikatsiyani ham saqlaydi. Til orqali biz o’z fikrlarimizni, his-tuyg’ularimizni va bilimlarimizni boshqalarga etkazamiz.

Har bir til o’ziga xos madaniyatni ifodalaydi. Til orqali xalqning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, til madaniy aloqalarni rivojlantirish va madaniyatlararo muloqotni osonlashtirishda muhim rol o’ynaydi.

Maqollar – bu xalq og’zaki ijodining muhim qismi bo’lib, unda ko’pincha an’anaviy hikmatlar, tajribalar va qadriyatlar aks etadi. Til haqidagi maqollar tilning ahamiyatini, uning funksiyalarini va odamlar hayotidagi rolini ifodalaydi. Maqollar, asosan, qimmatli hayotiy maslahatlar, o’rgatishlar va fikrlarni qisqa va qulay shaklda ifodalaydi

“So’zda dard ko’rsatsa, til yengilmas kuch.” Bu maqol tilning kuchini va ahamiyatini ta’kidlaydi. Til orqali odamlar o’z dardlarini, fikrlarini va hissiyotlarini ifodalashlari mumkin, bu esa ularning ruhiy holatini yengil qilishga yordam beradi.

“So’zning qiymati bo’lmas, tildan xabar bo’lmas.” So’zning mazmuni va ahamiyati til bilan bog’liq. Til orqali so’zlar o’z ifodasi va ma’nosini olishadi, shuning uchun tilning to’g’ri ishlatilishi juda muhimdir.

“Til bilmas, so’zni bilmas.” Bu maqol odamning til bilimiga, so’zlarning to’g’ri ishlatilishiga e’tibor qaratadi. Tilni yaxshi bilish va so’zlarni to’g’ri ishlatish muloqotdagi muhim omillardandir.

“Tilni bilmas, dildan xabarsiz.” Til va muloqot orqali odamlarning fikrlarini, his-tuyg’ularini va istaklarini tushunish mumkin. Tilni bilmaslik, insonlarning ichki dunyosini to’liq tushunishga imkon bermaydi

Yana takror aytamizki til bu xalqlarni bir bir bilan bog’laydigan eng kerakli bo’lgan narsalarning birinchisidir qolgan boshqa nimaiki muhim narsa bo’lmasin tildan keyin turadi, shuning uchun boshqa davlat tillarini ham mukammal o’rganish muhimligini alohida ta’kidlab o’tish kerak bo’ladi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda ham shunga ishora qilib oyat nozil qilgan Xujurot surasi 13 oyat:

“Ey insonlar albatta biz sizni bir erkak va bir ayoldan yaratdik, va o’zaro tanishishingiz uchun turli qabilalar qilib qo’ydik, albatta Allohning huzurida hurmatlirog’ingiz taqvodoringizdir, albatta Alloh bilguchi va xabardordir” deb marhamat qilgan. “O’zaro tanishishingiz uchun “ deganda albatta birinchi o’rinda tanishish uchun, u bilan do’st bo’lish, axborot almashish, madaniyatini o’rganish, kerakli ma’lumotlarni olish uchun  tilni bilish lozimdir lobitdir.

 

Muhammadqodir SHOPO’LATOV

Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi

“Yosh ilmiy tadqiqodchilar” a’zosi