(Ibratli qissa)

Qishloq har jum’a kuni namozdan so’ng qishloq maydoniga to’planishga odatlangan edilar. Qishloq ahlidan biror kishiga zulm qilingan bo’lsa, unga “Qo’shnilar qozisi” deb nomlashadigan bir kishini hakam qilardilar. Shu orqali muommolarini hal qilardilar.

Ancha vaqtlar o’tibdiki, hich kim qoziga shikoyat qilishmabdi. Chunki qishloq ahlining barchasi o’zidagi va boshqasidagi haq-huquqlarini yaxshi bilar edilar. Baxt-saodat ham ana shu haqlarga rioya qilish va ularga amal qilishda ekanini ham yaxshi anglardilar. Ular shu zaylda shikoyatsiz to ularning qishlog’iga boshqa qishloqdan bir kishi kelib yashaguncha davom etdilar. Begona kishiga qarshi shikoyatlar ko’payib ketdi. Qo’shnilar uning muomalasidan g’azblandilar. Ammo bu kishi esa odamlar undan bezor bo’lib, uzoqlashishlari sababini hech tushunmasdi.

Kunlardan bir kuni, qozi qishloqga qaytdi. Odamlarni anavi begona kishiga nisbatan ga’zabnok ko’rib, odatdan tashqari tarzda jum’a namozidan oldin mahkama jamlashni talab etdi.

Qozi mahkamaga keldi. Begona kishi ham hozir bo’ldi va qishloq ahli to’plandi. Qozi bu odamga nisbatan shikoyatlar juda ko’p ekanini ko’rib, o’ziga-o’zi “balkim bu kishi begunoh odamni o’ldirib qo’yagandir yoki mol-mulk o’g’irlaganmikan, obro’ga tajavuz qilgan bo’lishi mumkin, nima bo’lganda ham xusumatchilardan shikoyatni eshitmagunimcha unga hukm chiqara olmayman”, dedi.

Birinchi shikoyatchi so’z boshladi: “Ey muhtaram qozi, bu qo’shni meni haqqimni bilmaydi!”.

Begona kishi dahshatga tushdi. U qo’shnisiga qachon tajovvuz qilgani yoki qachon molini o’g’rladi ekan, bittasini eslolmadi!.

Qozi: “Nima qildi?”, dedi.

Shikoyatchi: “Men undan bir qop bo’g’doyni ko’tarishib yuborishini so’ragandim, u menga g’alati qarab uyiga indamay kirib ketdi”, dedi.

Qozi: “Bu bittasi, yanachi?”, deb so’radi.

Shikoyatchi dedi: “Men undan biroz puldan qarz berib turishini so’ragandim, yuz burdi”.

Qozi so’radi: “Yanachi, borini aytaver”.

Shikoyatchi yana dedi: “Bir hafta betob bo’lib yotdim. Ammo u meni ziyoratimga kelmadi. O’g’lim muvoffaqiyatga erishdi, u esa hursandchiligimga sherik bo’lmadi. Otam vafot qildi, u esa taziya bildirib dardimga malham bo’lish uchun eshik ham qoqmadi va biz bilan birga qabristonga ham bormadi”.

Qozi yana so’radi: “Boshqa shikoyating bormi?”.

Shikoyatchi esa: “Boshqa aytadigan so’zim yo’q. Va yana unga qilmagan narsasi bilan tuhmat qilishni istamayman ham” dedi.

Qozi hursand bo’lib: “Baraka top, zero odamlarni qilmagan ishi bilan tuhmat qilish Allohning g’azabini keltirib chiqaradi, dedida begona kishiga o’girilib: “Qo’shning aytgan gaplari to’g’rimi?”, deb so’radi.

Begona kishi ajablanib: “Ha, to’g’ri ey qozi janoblari, ammo men unga tajovuz qilib uni urmagan bo’lsam, uyiga iznisiz kirmagan bo’lsam, bog’idan shoxlarni kesmaganman va undan qarz olmaganmanki uni berishni cho’zib yuborgan bo’lsam. Men hayronman, u meni haqqini tanimaydi deb, nimaga nisbatan aytdi bilmayman”, dedi.

Qozi unga javoban: “Sen aytganlar to’g’ri va haq gap. Lekin, qo’shnilarga tajovuz qilmaslik ularga yaxshilik qildi deyishga kifoya qilmaydi. Ba’zan qo’shnilar biror yordam yoki pulga muhtoj bo’lib qoladilar. Shu vaqtda ularga yordam qilmasliging va qarz bermasliging ularning musibati va faqirliklariga “yordam” berish bo’ladi. Sen shunday qilsihga rozi bo’lasanmi?”, dedi.

Begona qo’shni: “Albatta, rozi bo’lmayman”, deb javob berdi.

Qozi endi boshqa shikoyatchini chaqirdi. Shunda bir qariya chiqib shunday dedi: “Ey qozi, ushbu qo’shni borasida menga insof qiling. U menga kechayu-kunduz ozor beradi. Hayotimni zaharladi va farzandlarimni menga qarshi gijgijladi. Oilamdagi baxtimdan ayirayozdi”.

Shikoyat qilinmish esa bundan juda taajjublanib. Bu otaxonni haftada bir marta ko’rishi, hayotiga hech ham aralashmagani, farzandlari bilan bir og’iz gaplashmagani haqida o’ylab qoldi.

Shunda qozi unga qarab: “Bu otaxonning so’zlari to’g’rimi?”, deb so’radi.

Begona qo’shni: “Ey qozi, men bu kishi aytayotgan narsalarning birortasini ham eslolmayapman. Uni aytgan gapiga dalili bormikan?!”, dedi.

Qozi shikoyatchiga qarab: “Ey otaxon, dalilingiz bormi?”, dedi.

Otaxon: “Ha, ey qozi, bu kishi mendan quyosh va havoni to’sadi”, dedi.

Qozi: “Dalil keltiring?”, dedi.

Otaxon: “Quyosh va havoning egasi kim?”, deb so’radi.

“Albatta, olamlar Robbisi va barcha narsalarning Xoliqi Alloh”, dedi Qozi.

Otaxon: “Unday bo’lsa, qanday qilib bu kishi u ikkisidan meni man qiladi?!!”, dedi.

“Qanaqasiga?”, deb so’radi Qozi.

Otaxon javob berdi: “U uyini baland qilib, devorlarini ko’tarib yubordi. Bu ishida mendan izn so’ramadi va mening kichik kulbamdan quyosh nurini to’sib, salqin havoni menga kelmaydigan qilib qo’ydi”.

Qozi esa: “Yana nima qildi ey qariya?”, deb so’radi.

Otaxonning ikki ko’zidan yosh oqib duv-duv yig’lab shunday dedi: “U menga aziyat beradi, meni faqirligim va muhtojligimni eslatadi”.

“Qanday qilib?” dedi Qozi.

Otaxon: “U zo’r taomlarni yeydi. Go’sht pishiradi, go’sht isi taraladi va taomlarning lazzatli ifori yoyiladi. Bu narsalar bizni ishtahamizni qo’zg’aydi va qo’limizdagi ozgina taomga sabr qilamiz. Qo’shnim esa biz ham unga o’xshagan bir bashar ekanimizni eslamaydi. Biror marta ham o’zi tayyorlagan taomdan bizga ulashishni fikrlab ko’rmaydi”, dedi. Bu gaplardan qozining yuzida mahzunlik namoyon bo’ldi. O’tirganlar ham bundan qattiq ta’sirlandilar. Begona qo’shni ham otaxonning bu gapidan uyalib qoldi.

Majlisda o’tirganlar haligi kishining yuziga qarab qoldilar. Kishi esa xijolatdan yuzi qizarib ketdi. Otaxonnong ko’zida to’la yoshni ko’rdilar. Chindan ham qo’shnisining ushbu ishi qo’li kalta qariyaning oilasiga juda qattiq ta’sir etgan edi. Qozi haligi kishiga savol qilib yuzlandi: “Qo’shning aytgan gaplari to’g’rimi?”.

Past ovoz bilan javob qildi haligi kishi: “Ha, men bu qilgan ishimga Allohga istig’for aytaman”.

Qozi aytdi: “Qo’shningni sening zimmanga shari’at bayon qilib bergan ko’p haqlari bor. Rasulimiz sollallohu alayhi vasallam qo’shni borasida doim bizga vasiyat qilganlar. Sen nima uchun qo’shnilar haqqiga rioya qilmaysan?”, deb tanbeh berdi.

Ha, bugungi kunda ushbu narsalarni ko’pchilik yoddan chiqargan. Yuqoridagi qissadan ma’lum bo’ldiki, qo’shni haqlari zimmamizda juda ko’p ekan. Qo’shnilar bir-birlarini har qanday holatda qo’llab-quvvatlashlari, muommolarini yechimiga ko’makchi bo’lishlari, qiyin kunlarida suyanch bo’lishlari, yordam so’rasalar yordamga bajonidil shoshishlari zarurligi va ushbularga e’tiborsizlik go’ya o’zgani haqqiga xiyonat qilish kabi ekani ayon bo’lmoqda.

 S. Muhibullayev tayyorladi

“Xoja Buxoriy” islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi