ALLOHNING BUYUK NE’MATI
39

Suv bu hayot manbai va uning asosidir. Suv har bir tirik hujayrani asosiy tirgagi bo’lgan unsurdir. Suvsiz hayot yo’q. Alloh taolo O’z oyati karimasida bu haqda shunday degan: “Va suvdan har bir tirk narsani qilganimizni bilmaslarmi?” (Anbiyo surasi 30-oyat).
Suv har bir tirik nabotot uchun juda muhim omil sanaladi, buning tasdig’i ularoq Alloh taolo shunday degan: “Va osmondan suv tushirgan Zotdir. Bas, o’sha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik” (Toha surasi 53-oyat). Shunengdek suv har bir hayvonot shakllarini ham borlig’idir, Alloh taolo bu haqda ham shunday marhamat qilgan: “Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi” (Nur surasi 45-oyat).
Ba’zi ulamolar borki, ular hayotni suvdan iborat, chunki birorta ham tirik jon yo’qki, suvsiz hayot kechira olsa, to’g’ri borliqdagi ayrim jonzotlar uzoq muddat suvsiz hayot kechira olishi mumkin, lekin bular o’zidagi ishlamay turgan yashirin faollik va uni qurib qolishidan saqlab turuvchi biro mil tufayligina qodir bo’ladi. Shunday bo’lsa ham unda suv moddasi mavjud bo’ladi, suvsiz hech bir narsa o’sish va ko’payishga imkoni bo’lmaydi, deganlar.
Tirk borliqning aksar jismi suvdir, lekin ular bir-biridan tafovutlik bo’ladi. Masalan suvuruq, hayvonlarning tuyog’ va shox qismida kam bo’ladi, ba’zi sahroda yashovchi jonzotlardas nisbatan suv moddasi oz bo’ladi. Ammo shunday bo’lsa ham suv moddasiayrim mevalarning suv miqdori to’qson foizni tashkil qiladi. Masalan, pamidor, bodring va ko’p dingiz maxsulotlari kabilar. Agar insonni misol qilib oladigan bo’lsak, uning uchdan ikki qismini suv tashkil etaishini ko’ramiz. Suv inson hujayralarini hayot bo’lish sababini keltirib chiqaradi, keslarod, ozuqa, garmonlar, emmunitetlar va vitamin moddalar kabilar suvdan ibdan iborat bo’ladi. Suv anashu jismlarni zarali va zaharli chiqndilardan xalos etadi. Ya’ni tozalab turadi. Inson jiismidagi hayotiy amaliyotning hammasi sitisnosiz tarzda suvning vujudida amalga oshadi, suvsiz hech bir nafas olish yoki ozuqa yoki hazm bo’lish bundan tashqari harakat sodir bo’lmaydi, chiqish va ko’payish hma ro’y bermaydi, ya’ni hech narsa chiqmaydi, organmizimda o’zgarish bo’lishim mumkin emas. Agar suv bo’lmasa, inson ta’mni tatib ko’rish, hid bi;lishi bo’lmaydi va to’qima a’zolar qurib qoladi hamda bo’ginlar bir-biriga yopishib ketadi bundan tashqari jismning harorati oshad natijada o’lim yuz beradi. \suv qissasi insonga nisbatan uzun qissa hisblanadi. Suvda nutfa paydo bo’lad, u ham suvda suzib yuradi so’ngra ona qornida homila bo’ladi. Homilaga onadan suv bidan iborat butun haytotiy zaruratlar yetib turadi. So’ngra dunyoga kelib chaqaloq bo’ladi uning ilk ozuqassi ona ko’kragidan keladigan asosi suvdan tashkil topgan shirin sut bo’ladi. Balki suv insonda alam chekkan, mahzun bo’lgan paytda ham yosh bo’lib keladi, ya’ni insondan hech bir vaqt suvdan xoliy bo’lmaydi. Insonni uzoq muddat ochlikga sabr qilishidan ajablansih bo’lmasada lekin, chanqoqlikni bir kun yoki bir necha kun sabr qila oladi, ko’pncha to’rt kundan oshmaydi.
Inson suvdan iborat o’z hojati uchta asosiymanbadan hosil bo’ladi:
- Suvdan qirq sakkiz foizini suvni ichish yoki boshqa suyuqliklikni ichish orqali
- O’tiiz to’qqiz foizini esa qattiq ozuqa deb aatydiganimiz go’sht, ko’katlar, meva-chevlar va nonlardan iboraat bo’lib, ularsuvdan tashkil topadi.
- Qolgan o’n to’rt foizini esa jismdagi aylanib turuvchi qizg’in amaliyotlar natijasi bo’ladi. Ya’ni inson harakati natijasidan kelib chiqadi.
Ammo inson jismidan chiqib ketadigan suv miqdori ko’rsatkichi esa, uchdan ikki qismi ya’ni to’qson besh foizi siydik orqali chiqb ketsa, qolgan uchdan bir qismi esa, ter va nafas yo’llari hamda ichaklar haydab chirashi orqali chiqib ketar ekan.
Suv qon bosimini nizomida ushlab turuvchi, keslota miqdorini normallashtirib turuvchi, haroratni taqsimlab turuvchi va jismning boshqa bo’laklaridagi moddalarni ta’minlovchi eng asosiy omil hisoblanadi. Jismdagi suv miqdorini boshqarib turuvchi ajaoyib intizomlovchi jihozdir. Shuning uchun jismning suv moddasi kirib chiqishi orasidi nozik muvozanat mavjud, inson agar jismidan bir foiz suvni yo’qotsa, chanqoqni his etadi, agar besh foiz yo’qotsa, tomog’ va terisi qurib qoladi va kasallik yetadi. Ammo suvsizlik o’n foizdan oshib ketsa, o’lim va halokatga yaqinlashadi, buni bu halokatdan bir ho’plam suv qutqarib qolishi mumkin. Yana bir ajib narsa bor, inson jismidagi suv miqodri oshib ketsa ham xatarli sanaladi, bunday bo’lish ko’ngil aynish va qon bosimi oshib ketishiga sabab bo’ladi, so’ngra asta-sekin aqlning kirdi-chiqdi bo’lishiga olib keladi va to’g’ri yo’nalishni his qilish yo’qoladi, qaltirash, mushaklarning qaqshashi va oxiri behushlik so’ngra o’limga orib borishi mumkin.
Suvning inson uchun boshqa son-sanoqsiz foydalari ham bor, uni nozalik va ozuqa tayyorlash hamda taom tanovul qilishda bundan tashqari boshqa suvsiz tayyor bo’lmaydigan maxsulotlarni tayyorlashda ishlatiladi. Tarixda suv tufayli qancha-qancha jangler yuz bergan, rivojlanish ham suv sababli amalga oshgan, bularning barchasi suvning yo’qligi yoki yaxshi tadbir qilmaslikdan bo’lganm.
Demak bizga ayon bo’ldiki, suv Alloh taoloning bezga in’om etgan buyuk ne’mati ekan. Suv hayot manbai va hayot usiz bo’lmas ekan shuning uchun barchamiz ushbu ne’matni turli ifloslanishdan jonimizni asragandek asrashimiz va uni ishlatishda isrofga yo’l qo’ymasligimiz zarur ekan.
Muhibullayev Saidmuhammadxon
