Irm-sirim va yomon gumon oqibatlari

146

Bismillahir rohmanir rohim.

Albatta mo`min kishi yaxshilikni ham yomonlikni ham Alloh taolodan deb biladi va shu bilan birga har bir ishida Alloh taologa tavakkul qiladi.

Shunday bo’lsada irm-sirimlar mo’minlar hayotida ham uchrab turadi.

Misol uchun safar oyi bilan bog’liq irm-sirimlar va tunda xo’roz qichqirishini hosiyatsiz deb bilish.

Payg’ambarimiz sallohu alayhi vasallam: “Sizlar tunda xo’rozning qichqirganini eshitsangiz Alloh taolodan fazlini so’ranglar, chunki xo’roz o’sha vaqtda farishtani ko’rgan bo’ladi ya’ni rahmat farishtasini” deganlar.

E’tibor bersak biz hosiyatsiz deb bilgan ishimizda Allohni fazli bor ekan.

Arablarda bir (irm) odat bor edi. Qachonki safarga chiqmoqchi bo’lsalar, yo’llarida uchragan birinchi inida yotgan qushni uchirar edilar. Agar o’sha qush o’ng tarafga uchsa safarini davom ettirar, agar qush aksincha chap tarafga uchsa safarini to’xtatib uylariga qaytar edilar.

Payg’ambarimiz bu holatdan qaytarib: “Qushlarni o’z inida tinch qo’yinglar.” dedilar va mo’minlarni irm-sirimdan qaytardilar.

Batahqiq Abu Hurarya roziyallohu anhu rivoyat qildilar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Insonda uchta yomon narsa bor.  1-irm-sirim, 2-gumon, 3-hasad.” deganlar

Irm-sirimdan halos bo’lishning yo’li hargiz boshqa irm-sirimga qaytmaslik uni takrorlamaslik. Yomon gumondan halos bo’lishning yo’li gumonni haq deb ishonmaslik. Gumon hayoldagi narsa u asos emas deb bilish. Balki chiroyli gumonda bo’lishimiz kerak bo’ladi.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: “Albatta balolar gapirilayotgan gapga bog’liqdur” deb marhamat qildilar.

Hikoya qilinadi: Kunlarning birida Yusuf alayhissalom zindonda uzoq qolganlarida Alloh taologa shikoyat qildilar. Shunda Alloh taolo “Ey Yusuf  sen zindonni o’zing ixtiyor qilding” deb vahiy qildi.

Oyatda “Ey Robbim ular meni chaqirayotgan narsalaridan ko’ra menga qamoq mahbubroqdur.” Agar sen menga bulardan ofiyat yaxshiroqdur deganingda men seni zindonsiz ham u balolardan qutqarar edim” degan habardan bilinadiki inson har qanday holatda ham yaxshi gumonda bo’lmoqligi lozim bo’lar ekan. Aks holda yomon gumon o’z sohibiga zarar keltirar ekan.

Hasaddan holi bo’lishni yo’li hasad qulinuvchi kishiga hasaddan keyin yomonlik qilmaslik, hasad qilish bir gunoh bo’lsa uning ortidan yomonlik qilish ikkinchi gunoh bo’ladi. Inson hasaddan qalblarini poklamoqligi zarur bo’ladi.

Yuqorida sanalgan illatlar shaytonning fitnasidandur. Fitnadan uzoq bo’lishlik mo’minlarga vojibdur.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Irm-sirimni kafforati bu Alloh taologa tavakkal qilish bilan bo’ladi” deb marhamat qildilar. Va yana kimda kim bir irm-sirimga yo’liqib qolsa, aytsinki: “Ey robbim yaxshilik kelsa faqat sen tomondan keladi, yomonliklarni ham o’zing daf qilasan. Gunohdan qutilish yo’q, ibodatga ham quvvat yo’q magar sening yordaming bilan bo’ladi”.

Bu hadisi sharifda ummati Muhammadiyyaga irm-sirimlardan va yomon gumonlardan forig’ bo’lishi uchun katta ta’lim va buyruq bor. Bu ogohlikdan g’aflatda qolmagan mo’min inson dunyoda saodatga va ohiratda esa rohatga ega bo’ladi.

Xusanov Mirzonazar

“Xoja Buxoriy” islom ta’lim muassasasi talabasi