RASULULLOHGA MUHABBAT VA UNING ALOMATI
26

Allohning habibi Muhammad sollallohu alyhi vasallamning sunnatlari, shari’atning Qur’ondan keying ikkinchi asosi hisoblanadi. Sunnatga amal qilish muhabbat va itoat alomati sanaladi. Uning aksi esa muhabbatsizlik va itoatsizlik belgisidur. Bugungi kunda sunnatga e’tiborsiz juda avj olmoqda. Sahobani so’zini o’zining so’zi bilan tenglashtiruvchilar ko’payib bormoqda. Go’yo sahoba sunnatga amal qilmaydi, nafsiga ergashib, sunnatga xilof ish qilgandek. Shuning uchun quyida sahobalar qanday bo’lgani, Rasulullohga qanday muhabbatda bo’lgani haqida aytib o’tsak, shunda aqlli odam xulosa chiqarib olsa, degan umiddamiz.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu shunday deydilar: “Biz (Nabiy sollollohu alyhi vasallam bilan) hijratda birga edik, men juda chanqadim, shunda sut aralashgan suv olib kelib, uni Rasulullohga tutdim va “Iching ey, Allohning rasuli,”, deb u zotga berdim. U zot ichganlarida meni (ichkandek bo’lib) chanqog’im qondi”, dedilar”.
Ha, bu gapni Abu Bakr Siddiq aytdilar, bu gap be maqsad emas edi, bu muhabbatning alomati edi. Suyukli habiblari ichganida Abu Bakr o’zlari ichgandek bo’ldilar go’ya!!.
Bu muhabbatning zavqini totdingizmi?. Ha bu xos muhabbat… biz bunday muhabbatlar oldida qayerdamiz!?.
Makka fathi kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning otasi Abu Quhofa islomni qabul qildi. Uning islomi ancha kech sodir bo’ldi, uning ko’zi ojiz edi. Uni yetaklab Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu olib, Rasullulloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga otasini islomini e’lon qilish uchun olib keldi Abu Quhofa bay’at berdi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Abu Bakr, yoshi ulug’ kishi ovora qilib nima qilasiz, o’zimiz borardik-ku”, dedilar. Abu Bakr: “Ey Allohning rasuli, sizning huzuringizga kelinishga siz haqliroqsiz”, dedilar. Abu Quhofa islomni qabul qildi, shu payt Abu Bakr Siddiq yeg’ladi. Atrofdagilar bundan ajablanib: “Bu shodlik kuni, otangiz islomni qabul qilib, do’zah o’tidan najot topgan kun bo’lsa, size yeg’lashingiz nima endi?”, deyishdi. Siz o’ylab ko’ringchi Abu Bakr dedilar..? u kishi: “Chunki men Rasulullohga otamdan ko’ra (Rasulullohning amakisi) Abu Tolibni bay’at berib islomni qabul qilishini ko’proq hohlardim, bu narsa Rasulullohni ko’proq shodlantiradi..”, deb javob qildilar.
Vo ajabo, Abu Bakr roziyallohu anhuga Rasulloh sollallohu alayhi vasallmning shodliklari, otasi uchun shod bo’lishidanda buyukroq edi!!. Biz bunday muhabbatning oldida qayerdamiz!!. Rasullullohga muhabbatning cho’qqisi shunday emasmi?.
Bunday misollar sahobalardan juda ko’p sodir bo’lgan. Hammasini keltirishga qalam ojizlik qiladi. Anashu muhabbatlarining samara ularoq Rasululloh sollallohu layhi vasallamning sunnati mutohhoralarini hayotga chiin dildan tadbiq etib, o’zlaridan keying zotlarga ta’limini berib ketganlar. Sunnatni bajarmaslikni ma’qul ko’rishmagan. Barcha narsadan sunnatni ustun qo’yishgan. Shuning uchun ularning ismi zikr qilinsa, “Alloh ulardan rozi bo’lsin”, degan duolarni qiyomatgacha ismlari ortidan takrorlanib kelinmoqda. Albatta, bularning barchasi muhabbat va itoatning belgisidir.
Endi bir o’ylab ko’ring, siz ham sunnatga bajonidil amal qilmoqdamisiz, sunnat amallaridan boshqa sunnat bo’lmagan amallarni ustun qo’ymayapsizmi, yoki bu za’if, bu sahih emas, Qur’omda kelmagan degan da’vo bilan sunnatga e’tiborsizlik qilmoqdamisiz.
Usha muhabbat sohiblari sahobalar qilgan ishlari ham sunnatning bil alomati bo’lib, ularni ham inlor qilib bo’lmaydi. Chunki ular ham ayniqsa, buyuk sahobalar sunnatga hech xilof ish qilmgan. Sohabani so’zi ham e’tiborlik sanaladi. Uni bu hadis yoki sunnat emas deb, tark qilishga haqqimiz yo’q, chunki sahobaga itoat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat, Rasulullohga itoat esa, Allohga itoat demakdir. Aks esa, undan Alloha asrasin!. (dovomi bor)
Muhibullayev Saidmuhammadxon
“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
