“UNVONUL BAYON” ASARI VA UNDAGI ODOB-AXLOQLAR  MAVZUSINI YORITILISHI

100

Butun maxluqotni ichida odam farzandini aziz-u mukarram qilgan, insonlar ichida ulamolar, fuqaholar va hukamolarning sharafini ulug`lagan, mo`jazlik bilan Qur`oni Karimni ummati Muhammadga nozil qilgan Alloh taologa o`zining ulug`ligi va azamatiga xos hamd-u sanolar bo`lsin. So`zlar durdonalarini nazmga tizib, o`z ummatini hidoyatga boshlagan, hikmat bulog`idan sahobalar, sahobalar orqali butun insoniyatga suv tutgan, so`nggi hayotlarida ham ummatim deb o`tgan xotamul-anbiyo bo`lmish Rasululloh sollollohu alayhi vasallamga durud-u salovotlar bo`lsin.

Ko`hna tariximiz, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimizga e`tibor kuchayib, ulug` ajdodlarimiz yaratgan o`lmas asarlarini puxta o`rganish hamda ulardan keng xalq ommasini bahramand qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ushbu tarixiy jarayonda, ayniqsa, muborak dinimizga bo`lgan munosabatning batamom o`zgarganini alohida ta`kidlash lozim. Azaldan umuminsoniy qadriyatlar, ma`naviyat va ma`rifatning mustahkam poydevori sanalgan diniy ilmlarga katta e`tibor berilayotgani, Qur`oni karim hamda hadisi shariflar o`zbek tiliga tarjima qilinib, keng ko`lamda o`rganilayotgani va ularning ruhiy va ijtimoiy-madaniy hayotimizga tobora singib borayotgani fikrimizning yaqqol isbotidir.

Hurmatli yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham yoshlarimiz uchun shunday deganlar: ”Biz iste`dodli fidoyi bolalarimiz, farzandlarimizga bilib va kasb cho`qqilarini zabt etish uchun qanoy berishimiz kerak”.

Bu islohotlarimizdan hikmatlarga oid kitoblarni o`rganish ham chetda qolmadi. Xususan,  Yassaviyning hikmatlari va Shayx Abdulloh Shibroviyning “Unvonul bayon va bo`stonul azhan” (Bayon manzili va zehnlar bo`stoni) kitobida muslim insonning komillik yo`lidagi manzillariga ta`rif berilgan.

Bu kitob-  muallif gapi, muqaddima, yetti uslub va xotimadan tashkil topgan.

Unda hamd-u sano va hikmatga qisqacha ta`rif berib o`tilgan. Bu uslublarda asosan tilni saqlashlik inson suhbatdoshi bilan gaplashayotganda nimalarga e`tibor berishligi va so`zlarni qaysi o`rinda qanday gapirish lozim ekanligi, yolg`onchilik oqibati nimalarga olib borishi haqidagi hikmatlar o`rin olgan va musannif asosan kitobxonga foydali vasiyatlar va insonni oliy qiladigan xususiyatlar haqidagi hikmatlarni yig`ganlar. Har bir hikmat uslub nomi bilan bevosita bog`liqdir.

Odob — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi. Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar) da namoyon boʻladi. Odob negizida axloqning baʼzi tamoyil va meʼyorlari, shuningdek, maqsadga muvofikdik va goʻzallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida oʻzini qanday tutishi, odamlar bilan qay yoʻsinda muomala qilishi, oʻz turmushi, boʻsh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday boʻlishi lozimligiga tegishli qoidalar (mas, sharm-xayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar) ni oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning odobli boʻlib kamol topishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Odob taʼlimtarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi.

Alisher Navoiy “Nazmul Javohir” da shunday yozadi:

Oltin-kumush etma davlat kunidin,

Kim, tortar adab ulusni mehnat kunidin.

Gar yo`qtur adab, ne sud oltun unidin,

Elning adabi xushroq erur oltunidin.

Insonning har qanday harakati, muomalasi turli mazmunda-huquqiy, siyosiy yoki boshqa bo`lishi mumkin, ammo uning xulqiy tomoni, axloqiy mohiyati bir xil daraja korsatkichida baholanadi.

Banda qilayotgan amallari qanchalik katta bo’lmasin, Allohning unga bergan eng kichik ne’matiga ham teng kela olmasligini bilishi lozim. Zero, o’sha amalni qilish uchun unga kuch-quvvat, sabr, ixlos kabi ne’matlarni bergan Uning o’zidir.

Ushbu kitobda ko`plab fazilatlar bo`lib, uni o`qib, unga amal qilgan kishi ikki dunyo saodatiga yetadi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, shariat arkonlarini bilish, ularga amal qilish, ana shu ikki tuyg`udagi ibodat rohatini his qilishdek lazzatbaxsh orom bo`lmasa kerak. Salaflardan biri buni shunday sharhlaydilar: “Alloh taolo imtihon uchun — kimning dunyodan ko`ngil uzib, oxiratga yuz tutishini ko`rmoq uchun dunyoning zeb-ziynat va ne`matlarini yaratganini aytgach, bu dunyoning bir kun kelib yo`q bo`lishini ham ma`lum etdi: “Hech shak — shubhasiz, yerning ustidagilarni sip-silliq, qup-quruq qilib (yo`q qilib) qo`yuvchi ham Bizdirmiz”.

Alimov Abdulhafiz

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti

4-kurs talabasi