Meros ilmining mohiyati haqida

17

عن عبد الله بن عمرو العاص رضي الله عنه عنبي صلي الله عليه وسلم قال العلم ثلاثة وما سوى ذلك فهو فضل اية محكمة او سنة قائمة او فريضة عادلة رواه ابو داود والحاكم

 Abdulloh ibn Amr ibn Oss r. a.dan rivoyat qilinadi: “Nabiy ﷺ: “Ilm uch xildir. Undan ziyodasi fazldir: muhkam oyat, qoim sunnat va odil farizat”, dedilar (Abu Dovud va Hakim rivoyat qilishgan).

Bu yerda Payg’ambarimiz ﷺ shar’iy ilmlarning javhalarini, ya’ni, o’zida bayon qilib bermoqdalar. “Ilm uch xildir”. Bu yerdagi “ilm”dan murod shar’iy ilm ekanini keyingi iboralardan tushunib olamiz. Ularda oyat, sunnat va farz haqida gap ketmoqda. Demak, nima deyilmoqchi ekani ma’lum. “Odil farizat”. Shar’iy ilimning uchinchi asosi –“odil farizat” hisoblanadi. Ushbu hadisi sharifda zikr qilingan “odil farizat”dan murod nima ekani haqida ulomolarimiz ikki xil fikr aytganlar. Birinchisi, odil farizatdan murod, merosni adolat bilan taqsim qilish ilmi. Bu ilmni “Faroiz ilmi” ham deyiladi. Payg’ambarimiz ﷺ bu ilmga alohida e’tibor berganlarning sababi, bu ilm eng birinchi oradan ko’tariladigan ilm bo’lgani uchundir.  Ikkinchisi, odil farizatdan murod, musulmonlarga farz bo’lgan narsalarni bildiradigan ilm degani.

Xulosa qilib aytganimizda, Kitob va Sunnatdan keyingi shariatimizning uchinchi va to’rtinchi masdarlarini –ijmo’ va qiyoslarni bilish deganidir. Hadisi sharifda Islom shariatiga oid narsalarni o’rganish uchun asosiy hisoblanadigan ilmlar uchta ekani bayon qilinmoqda: Qur’on, Sunnat va meros ilmi. Qolgan ilmlar ushbular uchun vosita yoki ulardan kelib chiqqan ilmlar bo’ladi. Meros ilmining Qur’on va Sunnat ilmlaridan keyingi uchinchi ilm bo’lishi uning naqadar ahamiyatli ilm ekanini ko’rsatadi. Musulmon kishi Qur’on va Sunnatni o’rganishi, ularga amal qilish barobarida meros ilmini ham o’rganib, unga amal qilishi zarur. Shuning uchun ham bu ilmga katta e’tibor bermoqlik kerak.

Xalilov Abdivali

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti

4-kurs talabasi