Ar-Rohman surasining fazilati
306

Har bir suraning oz’ fazilati bo’lganidek ar-Rohman surasining ham o‘z fazilati bor bo’lib, payg’ambarimiz Rosululloh ﷺ o’z hadislarida bu sura Qur’onning kelinchagi, uni o’qigan kishini ham, ahlini ham Alloh taolo rahm qilishligi haqida shunday marhamat qilganlar:
عن علي رضي الله عنه قال : سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول : « لِكُلِّ شَيءٍ عروسٌ ، وعرُوسُ القرآنِ سُورةُ الرَّحمنِ ، جل ذكرهُ » .
Imom Bayhaqiy Hazrati Ali karramallohu vajhahudan qilgan rivoyatda: Payg’ambar ﷺ: “Har bir narsaning kelini bor, Qur’onning kelini ar-Rohman» surasidir”, deganlar. Chunki bu surai karima xuddi kelinlar bezaklari ila boshqalardan farqlanib turgandek, o’ziga xos uslubi bilan boshqa suralardan ajrab turadi.
وعن أبي هريرة قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : « مَنْ قَرَأ سُورة الرَّحْمَنِ رحِمَ الله ضعفهُ ، وأدَّى شُكْرَ مَا أنْعَمَ اللَّهُ — عزَّ وجلَّ — عليه » .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:
“Rosululloh ﷺ: “Kimki “ar-Rohman” surasini o’qisa, Alloh taolo uning zaiflariga rahm qiladi va ubanda Alloh taolo unga bergan ne’matlarni shukrini ado qilgan bo’ladi”, dedilar.
Alloh taolo bizlarga bergan ne’matlarni son-sanog’i yo’q. Ne’matlarni haqqini ado qilish, ularga shukr qilishlik bilan bo’ladi. Ne’mat beruvchi zotga shukr qilmaslik, Alloh taolo bergan ne’matlarni inkor qilish bo’ladi. Chunki shukr iymonning dalillaridan biridir, noshukrlik esa kufrning dalilidir.
Imom Termiziy Jobir roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda aytiladiki:
Payg’ambarimiz ﷺ sahobalarining oldilariga chiqib, “ar-Rohman” surasini avvalidan oxirigacha o’qib berganlarida ular jim qolibdilar. Shunda Payg’ambar ﷺ: “Jinlar bilan uchrashgan kechamda ham ushbu surani o’qib berganimda, ular sizlardan ko’ra yaxshi javob bergan edilar. Har qachon, “فَبِأَيِّ آَلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ”ni o’qiganimda: “Ey robbimiz, biz Sening ne’matlaringdan hech birini yolg’on demaymiz, O’zingga shukr”, deb turdilar», deb aytdilar”.
عن أبي بكر بن عبد الله بن قيس،عن أبيه، عن النبي (صلى الله عليه وآله) قال: جنتان من فضة آنيتهما وما فيهما، وجنتان من ذهب آنيتهما وما فيهما، وما بين القوم وبين أن ينظروا إلى ربهم، إلا رداء الكبر على وجهه في جنة عدن.
Abdulloh ibn Qays (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy ﷺ:
“Ikki jannat kumushdan. Idishlari ham, ichlaridagi narsalari ham. Ikki jannat tillodan. Idishlari ham, ichlaridagi narsalari ham. And jannatida qav ila Robbilariga nazar solish o’rtasida faqtgina U zotning yuzidagi kibr ridosi bor, xolos”, dedilar”.
Ya’ni, tirikligidayoq tayyorgarlik ko’rib yurganlar, yaxshilik bilan kun kechirganlar uchun ikki jannat bor ekan. Undagi kishilar birinchi jannat bog’lari bilan ikkichi jannat bog’lari orasida sayr qilib yuradilar. Ular rohat ustiga rohat, farig’at ustiga farog’atda bo’ladilar.
Gadayev Ramazon
“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti o’qituvchisi
