Ro’zaning fazilati
17

Alloh taolo bandalariga turli xil ibodatlarni farz qilgan va bu ibodatlar uchun beriladigan savob ham nihoyatda ulug’ hisoblanadi. Ayni paytda islomda namozdan keyingi o’rinda turadigan farz — ramazon ro’zasi fazilati borasida to’xtalib o’tamiz.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : » مَنْ قَامَ رَمَضَانَ — إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا — غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ «.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: «Kim ramazonda iymon va savob umidida qoim bo’lsa o’tgan gunohlari kechiriladi». (Sahihi Buxoriy 37)
Ramazon oyi nafs Robbisining ibodati uchun tarbiyalanishi va gunohlardan tiyilishi uchun eng qulay fursatdir. Bu oy ixlos oyidir. Sababi inson ro’zadan boshqa ibodatlarida boshqalarning oldida riyoga qo’l urib qo’yishi mumkin. Lekin ro’za maxfiy ibodat. Odatda ro’zador ro’zadorligini boshqalarga ko’z-ko’z qilmaydi.
Ro’za shuningdek irodani chiniqtiradigan va quvvatlaydigan ibodat sanaladi. Ro’zador Robbisi uchun qanchadan qancha istaklaridan voz kechadi va shu asnoda boshqa faqirlarning ham holatini his qiladi va ularga mushfiq bo’ladi.
Ro’zador uchun oxiratda ulkan mukofotlar bor.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : » لِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ : فَرْحَةٌ حِينَ يُفْطِرُ، وَفَرْحَةٌ حِينَ يَلْقَى رَبَّهُ «. وَهَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ro’zador uchun ikki hursandchilik bor. Biri iftor qilayotgan chog’ida, yana biri Robbisiga yo’liqqan paytda.» (Termiziy rivoyati. 766)
Homidov Hikmatullo
“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti
