Ilm —  baxt-saodat kalitidir

129

Rosululloh ﷺ Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi shariflarida “Kimki ilmni ulamolardga maqtanishlik, surbetlar bilan tortishishlik  yoki insonlarning e’tiborini tortishlik uchun o’rgansa Alloh taolo uni do’zahga tiqadi” – deya o’z ummatlarini ilm talabidagi niyat borasida ogoh etganlar. Haqiqatda ilm hosil qilishdan asl maqsad unga amal qilishlik, behabar kishini habardor  qilishlik, yo’ldan adashgan kishini to’g’ri yo’lga boshlash yoki bir millatdan yo’qolib ketgan ilmni jonlantirish kabi xalqqa manfaat beradigan ishlar bo’lishi kerak. Ana shunda ilm talab qilishlik yaxshiliklarning eng afzali, ikki dunyo saodatiga sabab bo’ladi.

Ammo ilm hosil qilishdan maqsad boylik, mol-u dunyo, mansab yoki o’sha ilm orqali insonlarni qalbini o’ziga moyil qilishlik bo’lsa Alloh taolo u kimsaning hech bir amalini qabul qilmaydi. Natijada dunyodagi eng sharafli ishdan razil maqsadlarni ko’zlagan banda do’zax azobiga giriftor bo’ladi. Vaholangki, maqsad Alloh taoloning roziligi bo’lganida dunyodagi boshqa narsalarga erishar edi.

Hozirgi kundagi ba’zi manfur kimsalarga nazar tashlasak, zamonamiznning buyuk ulamolariga tosh otishlik u yoqda tursin nubuvvatdan o’n to’rt asr o’tgan bir paytda “Men Abu Hanifadan faqihroqman “- deb idda qilishmoqda.

Agarda bu kimsalarning ilm olishdan asl maqsadlari Alloh taoloning  roziligi bo’lganida, hosil qilingan ilm din, millat yo’lida, musulmonlarning birdamligi-yu, farovonligi yo’lidagi xizmatga kamarbasta bo’lmasmidi?

Xulosa o’zingizdan! Aziz dindoshim!

 

Sharobov Xurshid

 “Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti talabasi