Siyratni o’rganish ahamiyati

60

Siyrat so’zi arabchadan olingdan bo’lib ,lug’atda «hayot tarzi , yaxshi xulq» degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa Olamlarga nur sochgan ,Alloh taoloning habibi va rosuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlari davomida ro’y bergan hodisalar,u zotning qilgan ishlari va aytgan gaplari, xulq — atvorlari,yurish-turishlari va boshqa barcha u zotga taaluqli bo’lgan malumotlarni o’z ichiga olgan bir ilmdir.

Siyratni o’rganish ahamiyati shundaki , kishi unda Rosululloh Sollallohu Alayhi Vasallamning sifatlarini ko’radi,u zotning Alloh bilan munosabatlari, oila azolari ,sahobalari bilan muomilalari qanday bo’lganini biladi,maxfiy va oshkora holatlaridan,farovon va qiyin damlaridagi ahvollaridan voqif bo’ladi.

Siyratni o’rgangan kishi Nabiy alayhisalom uyqudan qanday turganlari,kulgi va yig’ilarini,yurishlarini,kunduzgi va tungi ibodatlarini,qanday taom eb ,ichimlik ichishlarini biladi. Sunnatga amal qilish,Islom dinining tub mohiyatini anglash istagidagi har bir mu’min banda siyratni o’rganish zarur. Chunki Rosuli Akram Islom dini yo’l- yo’riqlarini muborak hayotlarida mukammal ko’rsatib,o’rnak bo’lganlar. Komil mu’min,yetuk rahnamo,ma’suliyatli va mehribon oila boshlig’i qanday bo’lishini o’rgatganlar.

Bugun ko’pchilik, ayniqsa yoshlar o’zga millatlarga ko’r-ko’rona taqlid qilishmoqda, garchi taqlid qilinayotkanlarni etiqodi, maslagi, turmush tarzi bizga yetti yot begona bo’lsada. Ularga ergashish bizni saodat yo’liga boshlamaydi,aksincha boshi berk ko’chaga olib kiradi. Odob-axloqdagi tanazzul,mezonlar buzilishi sababi shunda bo’lsa ajab emas. Aslida haqiqiy baxtga sunnatga amal qilish bilan erishiladi. Bizning o’z yulduzlarimiz(ulamolarimiz),rahnamolarimiz ,o’rnak olsa arziydigan ota-bobolarimiz bor. Ota — bobolarimizning odob — axloqida,insoniylikda, ilm-marifatda erishgan yutuqlari zamirida sunati mutoxxara turadi.

Ma’lumki har bir banda Muhammad Sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning haq payg’ambari ekanligiga iymon keltirishi vojib . Rosulullohni taniganimiz sari u zotga iymoniniz mustahkamlanadi,muhabbatimiz ziyoda bo’ladi,hurmatimiz ortadi. Chunki banda mahbubini ko’p eslasa ,ko’z o’ngida uning timsoli gavdalanadi, go’zal siymosini,maqtalgan xislatlarini ko’rgandek bo’ladi. Natijada mahbubning shavqi oshadi. Haqiqatdan ham Rosuli Akram siyratlari haqida o’qib o’rgangan kishini qalbida Rosululloh Sollallohu alayhi vasallamga bo’lgan muhabbat uyg’onadi va jo’sh uradi.

Alloh taolo payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga salovat va salom aytishni mu’minlarga buyurgan. Rosuli akramni yaxshi tanigan insonning salovati u zotni yaxshi tanimagan kishining salovatidan keskin farq qiladi. Nega desangiz u zot alayhisalomni tanigan kishi til uchida salovat va salomlar aytmaydi ,balki har bir salovatida u zot qavmlarini haq dinga chaqirgan paytda u zotga qavmlaridan yetkan aziyat va sitamlarni eslab ko’zida yosh va qalbida o’kinch bilan salovat aytadi.

Xullas, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning hayot tarzlari,xulq-atvorlari,tashqi ko’rinishlari qanday bo’lganini o’rganish har bir «men musulmonman» degan kishi uchun muhimdir. Va bizning ustimizga kirib kelgan Ushbu mavlid oyi esa shu ishni boshlashga qulay imkoniyat bo’ladi.

 

Dilbar erur tengsiz jaxonda

Erur anga hamma xushtoru banda

Tengsiz xushtoru shaydosiman man

Jaxonda banda man yetmagan mannga

(Alisher Navoiy)

 

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom bilim yurtining

2-«B»kurs talabasi Barotov Abubakr tayyorladi.