Dahiylarga chiroyli raddiya
16Hikoya qilinadiki: Falsafachilardan bir guruhi Imomi A’zam bilan Aloh taoloning rububiyat tavhidi (ya’ni yaratguvchi ham, rizqlantiruvchi ham, tiriltirguvchi ham, vafot ettirguvchi ham Alloh taolo ekanligi) borasida bahslashmoqchi bo’lishibdi. Shunda Imomi A’zam rahmatullohi alayh ularga: “Bu masalada gaplashishimizdan oldin menga Dajla daryosidagi bir qayiq haqida o’z fikringizni bildiringchi. Bu kema o’z holicha oziq-ovqat, matolar va boshqa shunga o’xshash narsalardan to’lib, o’z holicha qaytadi va o’z holicha to’xtab, yuklaridan xalos bo’lib qaytadi va bu ishlarning hech biri hech bir kishi boshqarmasdan sodir bo’ladi” dedilar. Ular esa: “Bu ish umuman bo’lishi mumkin bo’lmagan ish-ku!” deyishdi. Shunda Imomi A’zam hazratlari: “Agar bu ishlar bir qayiq borasida bo’lishligi mumkin bo’lmasa, qanday qilib bu olamning barchasi, uning tepasi-yu ostida bo’lishi mumkin” deb javob berdilar.
Abul Atohiyya o’z baytida qanday ham chiroyli aytgan edi:
Ajabo qanday ham ilohga osiylik bo’lur
Yoki dahriy kimsa ko’rnamak bo’lur
Har bir harakat-u sakiynatda
Allohning borligin shohidi bordir
Har bir narsada Allohning birligin
Dalolat etguvchi oyatlar bordir.[1]
Sharobov Xurshid
“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti
talabasi
[1] “Manhu rovzul azhar Sharhu Al fiqhul akbar” kitobidan 46-sahifa tarjimasi
