Ma’oniy ilmining turlari

34

Maoniy – lug’atda “maqsad” degan ma’noni anglatadi.

Bayon ulamolarining istilohida maoniy – zehn, ko’ngilda namoyon bo’lgan narsani lafz: so’z yoki gap bilan ifodalashdir[1].

Balog’at ilmi maoniy, bayon, badi’ bo’limlaridan iborat. Shulardan maoniy ilmi nazariyasiga Abu Usmon Amr ibn Bahr al-Johiz o’zining “Al-bayon vat-tabyin” asari bilan asos soldi.

Bu ilmning vazifasi fikrni nutq orqali ifodalashda kalom tuzish va uning har bir bo’lagini bildirilishi lozim bo’lga ma’no e’tiboriga ko’ra joylashtirish usullari, ya’ni ifodalanmoqchi bo’lgan barcha ma’nolarni to’g’ri etkaza olish va uni tushunarli bo’lishiga erishish uchun kalom tuzish va uning bo’laklarini o’zaro bog’lash yo’llarini o’rgatadi.

Balog’at fani yozma va og’zaki nutqni rivojlantirishda beqiyos o’rni borligi ma’lumdir. Bu fan orqali arab tili ruhiga kirib boriladi. Qur’oni karim va hadisi shariflarning va boshqa islom manbasi hisoblangan asarlarning tub mohiyatini anglanadi. O’quvchi va tinglovchi balog’at sir-asrorlaridan voqif bo’lgach, arab tilidan zavq olish baxtiga erishadi. Shuning uchun olimlar balog’at ilmlarini chuqur o’rganganlar, o’quvchilarga yetkazishga harakat qilganlar.

Har bir gap va imo-ishoralarning talab qilinayotgan holatga mos bo’lishini ilmi maoniy fani o’rganadi. Oddiy gap bilan xabar berish, maqtash, yomonlash, rasmiy xabarlar, oddiy gap bilan boshqa maqsadni ifodalash kabilar maoniy ilmi o’rganadigan bahslarga kiradi. Talab qilinadigan holatlarga gapni moslash uchun gapning, ishlatiladigan so’zlarning quyidagi holatlarini bilib olish foydali bo’ladi. Gap musnad va musnad ilayhlardan tuzilishini va tuzilmani isnod ekanligi nahv ilmi bahslaridan ma’lumdir. Gapning har bir bo’lagi u yoki bu bo’lakka suyangan holda tuziladi. Masalan, gapning egasi kesimga suyanadi. Bunda fe’l musnad, egasi musnad ilayh bo’ladi. Isnod va boshqa holatlarning e’tibori bilan moaniy ilmi 8 qismga bo’linadi. Ba’zi bulag’olar 6 qism, boshqalari 13, hattoki 18 qismlarga bo’lib maoniy ilmlarini yoritganlar. Homid Avniyning “al-Minhoj al-vozih”, imom Taftazoniyning “Talxis al-Bayon”, Ali Xobarmiy va Mustafo Aminlarning “al-Balog’a al-voziha” asarlarida ham mualliflar bu ilmni 8 qismda ifodalaganlar.

Ilmul maoniy — gapning muqtazoi hol, ya’ni talab qilingan holatga mos qilib keltirish usullarini o’rganadigan ilmdir.

Bu ilm 8 qismga bo’linadi:

  1. Xabariy isnodning ahvoli — uni zikr qilish va uni hazf qilish lozim bo’lgan o’rinlar, keltirish va keltirmaslik ixtiyoriy bo’lgan holatlar haqida.
  2. Musnad ilayhning ahvoli — uni zikr qilish va hazf qilish lozim bo’lgan o’rinlar, keltirish va keltirmaslik ixtiyoriy bo’lgan holatlar haqida.
  3. Musnadning ahvoli — uni zikr qilish lozim va hazf qilish lozim bo’lgan o’rinlar, keltirish va keltirmaslik ixtiyoriy bo’lgan holatlar haqida.
  4. Fe’lning mutaalliqlari — zikr qilish yoki qilmaslikning lozim bo’lgan bo’lgan o’rinlari va boshqa holatlar haqida.
  5. Fasl — kalom orasiga ba’zi lafzlarning sharhini yoki voqealarning tafsilotini kiritish maqsadida jumlalar kiritish bilan ajratish hamda unga tegishli hukmlar va vasl — mashhur jumlalarni, ba’zan she’riy misralarni gapga qo’shib yuborish hamda unga tegishli hukmlar;
  6. Muxotabning holatidan kelib chiqib gapni iyjoz qilish, ya’ni lo’nda-qisqa qilish va unga tegishli hukmlar; itnob gapni sharhlab, cho’zib keltirish va unga tegishli hukmlar; va musovot kalom bilan ma’noni o’zaro teng keltirish.

Mazkur ilmlarni o’rganish va ularni og’zaki va yozma amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish kishining nutqini ravon, fasohatli va etuk darajaga etkazishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda, arab tilidagi manbalarni, o’zbek mumtoz adabiyoti va ijod namunalarini anglashga yordam beradi.

“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurtining bitiruvchi talabasi

Muzrobov Zikriyoxon

 

[1] Ahmad Hoshimiy. Javohir al-balog’a fi al-maoniy va al-bayon va al-badi’. – Bayrut: Maktabat al-asriyya 1999. – B. 48.