IQOLA VA UNING HUKMLARI
91

Islomda ahdga vafo qilishga chaqirib o‘z kalomida “Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qilinglar!” deya marhamat qilgan Alloh taologa bitmas tuganmas hamdu sanolarimiz bo‘lsin! Parvardigordan o‘ziga nozil bo‘lgan narsalarni biz ummatlariga mukammal darajada yetkazib ,moliyaviy muomalotlarda qanday yo‘l tutish lozimligini g‘oyatda ravshan bayon qilib bergan Payg‘ambarimiz Muhammad mustafoga ,Ul zotning ahli baytiga va jamiki as’hobiga durudu salovotlar bo‘lsin!…
Iqolaning lug‘aviy va istilohiy ma’nolari
Iqola so‘zining lug‘aviy ma’nosiالازالة .الرفع [1] ya’ni ko‘tarish, ketkazish deganidir. Iqola: mavjud narsani yo‘qotish, biror aqd yoki narsani bekor qilish, biror bir mukullik va qiyinchilikni bartaraf etish. Biror aqdni sotilgan molning bir qismida bo‘lsa ham buzish va bekor qilishdir.
Isqola istilohda ikki tomon roziligi bilan savdo bitimini bekor qilish, uzish ma’nolarini bildiradi.Hanafiy mazhabiga ko‘ra iqola uchun ikkita ma’no bor. Birinchisi xos, ikkinchisi omdir. Birinchisi الرفع البيع ya’ni savdoni bekor qilish degani. Ikkinchisi الرفع العقد ya’ni har qanday aqd yoki kelishuvlarni ko‘tarish, bekor qilishdir.
Iqolaning hukmlari.
Fuqaholar iqolaning joiz ekanligiga ijmo’ qilganlar. Iqolaning joizligi naql va aql bilan sobitdir. Naqldan misol, hadisi sharifda kelganki:
قال رسول الله صلى الله عليه و سلم : من أقال نادما بيعته أقال الله تعالى عثراته يوم القيامة
Ya’ni, Kimki pushaymon qilgan odamga bayini (savdosini) iqola qiladigan bo‘lsa Alloh taolo uning qiyomat kunida xato-kamchiligini kechiradi. Bu Qur’oni karimda boshqa bir dalil bilan vorid bo‘lgan:
يأيها الذين أمنوا لا تأكلوا أموالكم بينكم بالباطل الا أن تكون تجارة عن تراض منكم
“Ey iymon keltirganlar! Bir birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Magar o‘zaro rozilik bilan tijorat bo‘lsa mayli” Bu oyati karima Alloh taolo tijoratni halol qilganligiga dalolat qiladi.
Bu oyati karima boshqa odamning moliga haqdor bo‘lishga asos, bu egasining rozi ekanligini bayon qilmoqda va iqola ham sotuvchi va haridor tomonidan rozilikka ko‘ra bo‘lishligi kerak shunda joiz bo‘lgan tijorat qatoriga kiradi. Bu yerda iqola musulmonlar o‘rtasida o‘zaro bag‘rikenglik qoidasiga muvofiq kelishligiga ham ishora qilib o‘tishlik joizdir.
Rosululloh sollallahu alayhi vasallam bu sifatga undan aytadilar:
رحم الله رجلا سمحا إذا باع و إذا إشترى و إذا إقتضى”
ya’ni “qalbi keng odam sotganda va sotib olganda va haqini olayotganda keng yo‘l qo‘yuchi insonga Alloh taolo rahm qiladi” deganlar. Mana shu keng bag‘rlikni taqozosidir aqd ya’ni kelishuv vaqtida rozilik shartlari to‘liq topilishligi kerak. Shuningdek ikkala kelishuvchilar tomonidan ixtiyorni barcha shartlari to‘liq topilishi kerak, undan qaytishlik ulardan birida (sotuvchi yoki sotib oluvchida) pushaymonlik bo‘ladigan bo‘lsa uni bayini qatib olishlik ixtiyori bo‘lsa shunda samohat bo‘ladi.
Gohida iqola vojib bo‘ladi, qachonki makruh aqddan keyin yoki fosid aqddan keyin bo‘lsa. Chunki bay fosid bo‘lib voqe’ bo‘lgan bo‘lsa ikkala tarafga ham u baydan qaytishlik vojib bo‘ladi. Chunki ma’siyatni ko‘tarishlik imkon qadar vojib bo‘ladi. Bu narsa iqola yoki fasx bilan bo‘ladi.
Bundan tashqari iqola vojib bo‘ladi sotuvchiga xaridorni aldagan bo‘lsa va yana aldanuvchining haqqidur bayni fasx qilishlik. Bunga Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis dalil qilinib, hadisda shunday deyiladi: bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga o‘zining savdo sotiqda aldanib qolishini zikr qiladi. Shunda u zot: “Qachon savdo qiladigan bo‘lsang “aldash yo‘q”, degin”, dedilar”.
Xulosa shuki, iqolaning mashru’ligi Alloh taoloning kitobidan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatidan olingandir. Bu narsa ikala tarafning ixtiyori bilan bo‘ladi.
G’aybullaev Sirojiddin
“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti
4-kurs talabasi
[1] Лисанул-араб 579-бет
